«Barselona» hujumchisi Ferran Torresni qancha mablag‘ evaziga sotishga tayyor ekani ma’lum bo‘ldi.
CaughtOffside ma’lumotiga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» Torres uchun 35 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, chunki futbolchining shartnomasi yakuniga yetishiga bir yil qolgan.
Xabar qilinishicha, 26 yoshli ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan klublar qatorida «Tottenxem» va «Aston Villa» bor. Shuningdek, Madridning «Atletiko» klubi ham ushbu poygada ishtirok etmoqda.
O‘tgan mavsumda Torres barcha musobaqalarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.













