Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Baho:
+ | -

Eronning Tabriz shahrida Osiyo chempionatiga saralash bosqichida ishtirok etgan futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkent shahriga yetib keldi.

17 oktyabr kuni Tabriz–Istanbul–Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lga chiqqan Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi jamoa vakillari bugun, 19 oktyabr kuni tungi 01:30 da poytaxtga uchib keldi.

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhida 3 ta o‘yin o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan holda guruhda 1-o‘rinni egalladi va Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘llanma oldi. 

Osiyo chempionati final bosqichi yo‘lida O‘zbekiston terma jamoasi dastlab Nepalni 14:1 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, keyin mos ravishda Turkmaniston (4:2) va Qirg‘iziston (4:3) futzalchilari mag‘lubiyatga uchratildi.

Futzal bo‘yicha OCH saralashi
“A” guruhi o‘yinlari
Tabriz shahri, Eron

15 oktyabr, 1-tur

O‘zbekiston – Nepal 14:1
Qirg‘iziston – Turkmaniston 5:3

16 oktyabr, 2-tur

Nepal – Qirg‘iziston 0:5
Turkmaniston – O‘zbekiston 2:4

17 oktyabr, 3-tur

O‘zbekiston – Qirg‘iziston 4:3
Turkmaniston – Nepal 9:3 

Terma jamoa o‘z tarixida 15-bor qit’a birinchiligida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. Toshkentda o‘tgan so‘nggi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi kumush medallarga sazovor bo‘lgan edi. 

Ma’lumot uchun, futzal bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kuni Xitoy Taypeyi mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Unda qit’aning 16 mamlakat terma jamoasi ishtirok etadi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 13:27, 19.10.2017.
O'qildi: 2116 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.