Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bizni tarixga kiritgan o‘yin: O‘zbekiston – Iordaniya

Bizni tarixga kiritgan o‘yin: O‘zbekiston – Iordaniya

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yirik musobaqalardagi eng yaxshi natijasini 1994 yil Xirosimada qo‘lga kiritgan. O‘shanda futbolimizning «Oltin avlodi» Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqalarida chempionlikni qo‘lga kiritgan. Undan keyin esa uzoq vaqt yirik turnirlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradik. 2011 yilda esa terma jamoamiz Qatarda o‘tgan Osiyo Kubogining yarim finaligacha yetib borgandi. Final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda Avstraliyaga 0:6 hisobida imkniyatni boy bergan bo‘lishsa-da, futbolchilarimiz tariximizdagi eng yaxshi natijani aynan o‘sha musobaqada qayd etishgandi. Biz uchun tarixiy bo‘lgan bahsda terma jamoamiz Iordaniya bilan o‘ynagandi…
ISHONCHLI ODIM
Qatardagi musobaqaning ochilish marosimidayoq O‘zbekiston Osiyo futobliga befarq bo‘lmagan futbol jamoatchiligining e’tiboriga tushib ulgurgandi. Ochilish marosimi ajoyib tarzda o‘tkazilgan va unda Qatar hamda O‘zbekiston terma jamoalari to‘qnash kelgandi. O‘yin o‘z maydonida kechgani sabab ko‘pchilik Qatarning imkoniyatlarini yuqori baholagandi. Uchrashuvni tomosha qilish uchun FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter ham tashrif buyurgandi. Vadim Abramov boshchiligidagi futbolchilarimiz esa to‘p nazoratiga asoslangan hujumkor o‘yini bilan Blatterni ham ajablantirishgandi. U o‘yindan keyin shunday degandi: «O‘zbekiston bunday o‘yini bilan chempion bo‘ladi». Guruhda yigitlarimiz Xitoy, Qatar va Quvayt bilan o‘ynashagandi. Qatarga qarshi ilk o‘yinda Odil Ahmedovning fantastik golini eslasangiz kerak. Ikkinchi turda Quvayt ham mag‘lub etilgan va uchinchi turdagi Xitoyga qarshi durang Abramov shogirdlariga guruhdagi birinchi o‘rinni taqdim etadi.
YASHAVOR, KRUSHELNISKIY!
Guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqqan futbolchilarimiz chorak finalda Iordaniya bilan to‘qnash kelishgandi. Aynan mana shu o‘yin biz uchun tarixiy eshiklarni ochgandi. Murabbiy guruh bosqichida biror marta maydonga tushmagan Ulug‘bek Baqoyevni asosiy tarkibda maydonga tushuradi. Ulug‘bekning Osiyo Kubogiga borishining o‘zi qiziq voqea bo‘lgandi. Musobaqa oldidan tarkibga kiritilgan markaziy himoyachgi Yaroslav Krushelniskiy jarohat olgan va uning o‘rnini to‘ldirish kerak edi. Hujumkor o‘yinni yoqtiradigan murabbiyimiz esa himoyachining o‘rnini himoyachi bilan to‘ldirib o‘tirmadi. Hujumchi Ulug‘bek Baqoyevga qo‘ng‘iroq qilib, Qatarga borishini aytdi. Baqoyev shu sabab himoyachilarga xos 2-raqamli futbolkada harakat qilgandi musobaqada. Iordaniyaga qarshi chorak finalning birinchi bo‘limida hisob ochilmagandi. Ikkinchi bo‘limni esa yigitlarimiz juda shiddatli boshlashadi. Taym boshlanshidayoq terma jamoamiz jarima zarbasi tepish huquqini qo‘lga kiritadi. Server Jeparovning uzatgan to‘pini Ulug‘bek Baqoyev yelkasi bilan darvozaga joylab qo‘yadi. Bu hujumchimizning keyinroq Eron darvozasiga urgan goliga juda o‘xshab ketgandi. O‘sha goldan keyin stadiondagi va televizor qarshisidagi muxlislarning xursandchiligini tasavvur qilavering. Lekin futbolchilarimiz xursandchilikka berilib ketishmagandi. Raqib to‘pni markazdan kiritib berganidan keyin to‘pni biznikilar egallab olib, Jasur Hasanov qanotdan oldinga tashlanadi. Uning jarima maydonchasiga yerlatib uzatgan ajoyib to‘p uzatishini esa yana Baqoyev darvozaga joylab qo‘yadi. Bunday hujumlar va gollardan raqib shokka tushib qolgan, murabbiyning topqirligi esa bizga natijani taqdim etgandi. Biroq bu hali hammasi tugadi degani emasdi.
KURASH KEYIN BOSHLANDI
Goldan keyin biroz tushkunlikka tushgan Iordaniya keyinchalik o‘ziga kelib, hujumga zo‘r beradi. 58-daqiqaga kelib, raqib hisobni qisqartiradi. Bungacha Ignatiy Nesterov jarohat olgandi. O‘yinni juda yaxshi o‘tkazgan Sahob Jo‘rayev raqib hujumini qaytarish vaqtida Nesterovning qo‘lini tepib yuborgan va posbonimiz jarohat olgandi. Goldan keyin Abramov Nesterovning o‘rniga Temur Jo‘rayevni tushurishga qaror qiladi. Temur deyarli yarim soat davomida ishonchli o‘ynab, raqib hujumlarini qaytarishda faol bo‘lgandi. Butun musobaqa davomida Odil Ahmedovning himoya markazida o‘tkazganini eslatib o‘tish kerak. Iordaniyaga qarshi o‘yinda ham Odil juda yaxshi o‘yin ko‘rsatgandi. Matonatli harakat qilgan futbolchilarimiz g‘alabani ushlab qolgan va o‘zbek futbolida birinchi bo‘lib Osiyo Kubogi yarim finaliga yo‘llanma olishgandi.

Keyin esa… Keyin terma jamoamiz yarim finalda Avstraliya bilan o‘ynab, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Chorak finalda juda katta kuch sarflagan futbolchilarimiz raqibga hech qanday qarshilik qila olishmagandi. Biroq uchinchi o‘rin uchun Janubiy Koreyaga qarshi kechgan bahsda futbolchilarimiz iroda ko‘rsatishgandi. Raqib birinchi bo‘limdan keyin 3:0 hisobida oldinda borayotgandi. Ikkinchi bo‘lim avvalida esa Aleksandr Geynrix ikkita gol urib, hisobni qisqartirgandi. O‘yin 2:3 hisobida yakunlangan, lekin futbolchilarimiz ruhiy tushkunlik holatidan chiqib ketishganining o‘ziyoq taqsinga sazovor.

Osiyo Kubogi-2011, chorak final
21 yanvar. «Xalifa» stadioni. 16 073 tomoshabin
O‘ZBEKISTON – IORDANIYA 2:1
Gollar: Ulug‘bek Baqoyev (46, 49) – Bashar (58).
O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov (Timur Jo‘rayev, 62), Shavkat Mullajonov, Odil Ahmedov, Sahob Jo‘rayev, Azizbek Haydarov, Sanjar Tusunov, Timur Kapadze, Server Jeparov, Jasur Hasanov (Stanislav Andreev, 57), Aleksandr Geynrix (Anzur Ismoilov,76), Ulug‘bek Baqoyev.
Iordaniya: Amir Shafi, Muhammad Munir, Sulaymon Salmon, Muhammad Dmeyri, Bashar Yosin, Shadi Hashhash (Abdullox Dib, 64), Baho Abdulrahmon, Amir Dib, Hasan Abdulfattoh, Ahmad Abdulhalim, Moayad Abukeshek (Hijah, 76).
Ogohlantirishlar: Ulug‘bek Baqoyev, (47), Sanjar Tursunov, (90+3) — Sulaymon Salmon, (74).

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 14:50, 19.10.2017.
O'qildi: 8640 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.