Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Muzaffar Abdullayev: “G‘alaba fursati yetdi ”

Muzaffar Abdullayev: “G‘alaba fursati yetdi ”

Baho:
+ | -

Oliy liganing 25-tur bahslari boshlanish arafasida. Ushbu turda “So‘g‘diyona” o‘z maydonida Bekobodning  “Metallurg” klubini qabul qiladi.  Birinchi davrada bu bahs 3:1 hisobida “Metallurg” foydasida yakunlangan edi.  

Bugun ikki jamoa ishtirokidagi  mavsumdagi ikkinchi o‘yinning  guvohiga aylanamiz. Ushbu bahs oldidan o‘tkan mavsumdagi “So‘g‘diyona” jamoasining “Mustahkam qo‘rg‘oni” deya ta’rif berilgan va joriy mavsumning ikkinchi davrasida yana jizzaxliklar sharafini himoya qilayotgan mahoratli darvozabon Muzaffar Abdullayevdan intervyu olishga qaror qildik.  

MUBORAKDA IKKI OCHKO YO‘QOTDIK
“Mash’al”ga qarshi jiddiy tayyorlarlik ko‘rgan edik. O‘yin qiyin o‘tishini ham oldindan bilar edik. Hammaga ma’lum “Mash’al ” o‘z maydonida  chempionatimizning “GRAND” jamoalarini ham mag‘lubiyatga uchrata olgan. Biz Muborakka g‘alaba ilinjida borgan edik. O‘yin davomida jamoadoshlarim bir nechta havfli vaziyatlar va qarshi xujumlar tashkil qildi. O‘yin davomida raqiblardan ko‘ra golga tortadigan vaziyatlarni biz ko‘proq yaratdik. Ammo gol urishni uddasidan chiqa olmadik. Bahsdagi bitta vaziyatdan foydalana olganimizda edi , g‘alaba biz tarafda bo‘lar edi. Safarda biz biz uchun qimmatli bo‘lgan ikki ochko yo‘qotdik.

G‘ALABA FURSATI YETDI
Jamoa man uchun begona emas. Men aynan shu klubda Oliy ligada debyut qilganman. “So‘g‘diyona”ga ikkinchi davrada g‘alabali onlariga o‘z hissamni qo‘shish uchun kelganman. Bu mavsumda xech bir jamoa to‘liq ustunlikda g‘alaba qozona olgani yo‘q. Hech bir jamoa bilan kurashish onson bo‘lmayapti. Ikkinchi davrada o‘z maydonimizda hali g‘alaba qozona olganimiz yo‘q.Ammo bu holatni masum yakuniga qadar ettirmaslik niyatidamiz. “Metallurg” kuchli va kurashuvchan jamoa bo‘lsa-da,jamoadoshlarim bilan muxlislar kutgan chiroyli o‘yin namoyish etib,biz uchun suv va havodek zarur bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga qiritishga harakat qilamiz.

BO‘LAJAK O‘YINLAR OLDIDAN...
To‘g‘ri,mavsum davomida xatolar ko‘proq bo‘ldi. Biz bu masumda oliy ligadagi o‘rnimizni saqlab qolib,kelasi mavsumda yetakchilar uchun asosiy bosh og‘riq bo‘lishga harakat qilamiz. Oldinda bizni bir biridan qiziq 5 ta o‘yin kutmoqda. Mazkur bahslarda o‘zimiz uchun kerakli ochkolarni qo‘lga kiritamiz deb ayta olaman.

ISHONCH UCHUN MUXLISLARDAN MINNATDORMAN
Maydonda to‘p tepayotgan har bir futbolchi g‘alaba qozonish uchun maydonga chiqadi. Shu o‘rinda biz ham. Bo‘lajak o‘yindan oldin muxlislarga aytmoqchiman-ki,ularning qo‘llab-quvvatlashi bizga yanada kuch bag‘ishlaydi. Biz doimo ular uchun chiroyli o‘ynab g‘alaba qozonishga qarakat qilamiz va umid qilamiz-ki, “Metallurg ” bilan bo‘lajak bahsda muxlislarmiz biz bilan birga bo‘lishadi. Men “So‘g‘diyona” va jizzaxliklarni hurmat qilaman. Menga bildirilgan ishonchlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

So‘zim yakunida shuni alohida ta’kidlab aytmoqchiman-ki,jamoamiz rahbariyati,murabbiylari va  futbolchilar uchun kerakli barcha sharoitlarni yaratdi. Buning uchun barcha futbolchilar nomidan tashakkur aytmoqchiman.

"So‘g‘diyona" matbuot xizmati

Manba: fcsogdiana.uz
Kiritildi: 07:41, 20.10.2017.
O'qildi: 2137 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.