Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Bugun futbol. «Nasaf» - «Dinamo»

Bugun futbol. «Nasaf» - «Dinamo»

Baho:
+ | -

Bugun “Markaziy” stadionimizda oliy liga 25-turi doirasidagi “Nasaf” - “Dinamo” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Oliy liga, 25-tur
“Nasaf” (Qarshi) – “Dinamo” (Samarqand)
20.10.2017. “Markaziy” stadion. 18:00da
Bosh hakam: Viktor Serazetdinov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Andrey Sapenko (Toshk.vil.) Sultonmurod Ulfatov (Toshkent)
Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: Sayfiddin Irmatov (Toshkent)
O‘zPFL vakili: Roman Chernikov.

“Nasaf” hamda “Dinamo” jamoalari bugun oliy ligadagi o‘zaro 38-uchrashuvida maydonga tushishadi. Bungacha jamoalar 37 bor kuch sinashishgan.  Natijalar jamoamizning ustunligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lib o‘tgan 19 uchrashuvda “Nasaf”, 7 o‘yinda esa “Dinamo” g‘alabaga erishgan. 11 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan. To‘plar nisbati 52:35ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.

Qarshida bo‘lib o‘tgan 18 uchrashuvning 13tasida "Nasaf" g‘alaba qozongan. 2 uchrashuvda samarqandliklarning qo‘li baland kelgan. Qolgan 3 uchrashuvda kuchlar teng kelgan. “Dinamo” so‘nggi bor 2011 yili Qarshidan uch ochko bilan qaytgan. “Nasaf” olti uchrashuvki, chempionatdagi g‘alabali seriyasini davom ettirib kelmoqda.

Bugungi uchrashuvda "Nasaf"ga Igor Golban va Farrux Sayfiyevlar yordam bera olishmaydi. Albatta bu jiddiy yo‘qotish hisoblanadi. Bu futbolchilarning sariq kartochkalari soni to‘rttaga yetgan.

Bugun futbol ishqibozlari mazkur jamoalar ishtirokidagi qiziqarli uchrashuvga guvoh bo‘lishlari aniq. Jamoalar turnir jadvalida qanday o‘rinda borishlariga qaramasdan doimo maydonda murosasiz bo‘lishgan. Bugun ham shunday bahs bo‘lishi aniq.

Shunday ekan, “Nasaf” – “Dinamo” uchrashuviga marhamat qiling! “Markaziy” stadion sizga muntazir!

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 08:42, 20.10.2017.
O'qildi: 2373 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик