Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Sardor Azmun: «Tanqidlarni to‘g‘ri qabul qilaman»

Sardor Azmun: «Tanqidlarni to‘g‘ri qabul qilaman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Eron terma jamoasi birinchilardan bo‘lib jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Karlush Keyrush jamoasi safida ko‘plab futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishdi.

Shundaylardan biri Sardor Azmundir.  Yaqinda eronliklar «Qozon Arena»da Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishdi.

E’tiborli tomoni, Azmun «Rubin» safida xuddi ana shu stadionda muntazam ravishda maydonga tushadi.

O‘yindan oldin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Karlush Keyrush bilan birga Rossiya chempionatidan xabardor bo‘lgan Sardor Azmun va Said Izzatullohlar ham ishtirok etishdi.

- Eron terma jamoasining asosiy yulduzisiz. O‘yin Qozon shahrida o‘tkaziladi. Bu siz uchun muhim ahamiyat kasb etadimi?

Sardor Azmun: - Terma jamoa­mizdagi har bir o‘yinchi - darvozabondan tortib, hujumchigacha barchasi yulduz. Bizning vazifamiz - murabbiy ko‘rsatmalarini bajarish. Men futbolchilarni o‘z yurtida va xorijda o‘ynaydiganlarga ajratmayman. To‘g‘ri, Erondan tashqarida to‘p suradiganlarga e’tibor katta. Biroq milliy chempionatda ham bir qator kuchli futbolchilar bor.

- Ko‘pchilikning fikricha, joriy mavsumda siz o‘sishdan to‘xtab qoldingiz.

- Tanqidni to‘g‘ri qabul qilaman. Lekin bunday narsalarni murabbiy hal etadi. Har qanday futbolchi yiqiladi, yuqoriga parvoz qiladi. «Rostov» va «Rubin»­dagi muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi yordamida o‘sishda davom etaman.

Said Izzatulloh: - Biz uchun Rossiya bilan o‘ynash juda muhim. Chunki har ikki jamoa ham rivojlanmoqda.

- Rossiya premyer-ligasida o‘sishda davom etyapman, deb o‘ylaysizmi?

- RFPLda o‘ynash - yaxshi tajriba. O‘tgan mavsum Chempionlar Ligasida qatnashdim. Joriy yil qiyin kechmoqda. Ammo meni qo‘llashlarini his qilib turibman. Shuning­dek, Karlush Keyrush ham ko‘maklashishda davom etmoqda.

«Amkar»ga qarshi o‘tkazgan o‘yinimiz bizning to‘g‘ri yo‘lda ekanimizni ko‘rsatdi. Ayni payt faqat jahon chempionati haqida o‘ylayapman.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:09, 20.10.2017.
O'qildi: 2532 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.