“Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverdening ishidan ko‘ngli to‘qligini aytdi.
Biz Valverdening qanday mutaxassis ekanligini bilar edik. U jamoani qanday boshqara olishni biladigan aqilli murabbiy.
Ernesto ishonchni oqladi. U “Kamp Nou”ni va klubimizning barcha a’zolarini o‘ziga rom qilib qo‘ydi. Uning jamoa rulidagi 100 kunlik ishi optimal bo‘ldi va bizda yana katta intilishlar paydo bo‘ldi.
Valverde bizga hotirjamlikni qaytardi” , - dedi Bartomeu.