Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/10 15:00 Vissel Kobe 2-1 Shandong Taishan
02/10 15:00 Yokogama Marinos 4-0 Ulsan Xyonde
02/10 15:00 Tep Han Nam Din 0-0 Bangkok Yunayted
02/10 17:00 Tampines Rovers 3-1 Li Man
02/10 19:00 Ravshan 0-1 Al-Vakra
02/10 19:00 Oltin Asr 0-1 Xolidiya
02/10 19:00 Nasaf 2-1 Shabab al-Ahli
02/10 20:00 Ukraina 2-3 Braziliya
02/10 21:00 Al-Hussayn 1-1 Kuvayt SK
02/10 21:45 Jirona - Feyenoord
02/10 21:45 Shaxtyor - Atalanta
02/10 23:00 At-Ta'vun - Al-Quva al-Javiya
02/10 23:59 Shturm - Bryugge
02/10 23:59 Aston Villa - Bavariya
02/10 23:59 Dinamo Zagreb - Monako
02/10 23:59 Lill - Real Madrid
02/10 23:59 Liverpul - Bolonya
02/10 23:59 RB Leypsig - Yuventus
02/10 23:59 Benfika - Atletiko
03/10 20:00 Fransiya - Argentina
04/10 21:30 Napoli - Komo
04/10 23:45 Verona - Venetsiya
05/10 00:00 Leganes - Valensiya

Oliy Liga. «Qo‘qon-1912» «Navbahor»ni o‘z maydonida mag‘lub etdi

Oliy Liga. «Qo‘qon-1912» «Navbahor»ni o‘z maydonida mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

"Qo‘qon-1912" Matbuot xizmati

“Vodiy derbisi” nomini olgan ushbu o‘yinga bo‘lgan qiziqish juda yuqori edi. Bu ikki jamoa joriy mavsumda o‘z muxlislarni xursand etgan holda mavsumni yaxshi o‘tkazishmoqda.

Muxlis va mutaxassislar mazkur bahsni shiddatli va keskin kurashlar ostida o‘tishi oldindan taxmin qilishgandi.

O‘yin ushbu bashoratlarni to‘la tukis oqladi.  Bugungi bahs oldidan jamoamiz jiddiy yo‘qotishlarga duch keldi. Xususan, “derbi”ni yetakchi hujumchilarimiz Nosir Otaqo‘ziyev va Filip Rayevaslar jarohat sabab o‘tkazib yuboradigan bo‘lishdi.

Shuningdek, Aziz Ashurov va Jalil Kimsanovlar mazkur bahsda qaydnomaga kiritilmadi.

O‘yinni vakillarimiz faol tarzda boshlashdi. Dastlabki hujumimiz xavfli ko‘rinish oldi. 5-daqiqada raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatni vujudga keltirdik. So‘nggi pallada mehmonlar xavfni bartaraf etishdi.

21-daqiqada futbolchilarimiz ajoyib hujum tashkil etishdi. So‘nggi pallada Jamshid Hasanovning chalqancha usulda bergan zarbasi “o‘xshamay” qoldi. 23-daqiqada yana bir hujumimiz raqiblarni sarosimaga solib qo‘ydi. Bu safar Andrey Sidorov jarima maydoni ichiga oshirilgan to‘pga yetib kela olmadi. 26-daqiqada Jamshid Hasanovning zarbasi darvozabon to‘pni katta qiyinchilik bilan qaytarib qoldi.

28-daqiqada jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘ldik. Murod Xolmuhammedov oshirgan to‘pni vakillarimiz raqib darvozasiga yo‘llashdi. Mehmonlar posboni o‘z o‘rnida. 32-daqiqada Darko Gojkovichning xatosidan keyin hisob ochilishi mumkin edi.

Nikita Ribkinning ajoyib harakatlari raqiblarga gol urish imkoniyatni bermadi. 40-daqiqa o‘tayotgan  paytda Oybek Qilichev raqib futbolchisini qo‘pollik bilan to‘xtatib qolgani tufayli bosh hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi taymni ham futbolchilarimiz faollik bilan boshlashdi. 59-daqiqada futbolchilarimiz raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatni yartishdi. Oxirgi pallada raqib himoyachisi to‘pni barataf etdi. Ikkinchi bo‘limdagi eng xavfli vaziyat 65-daqiqada yuzaga keldi.  Murod Xolmuhammedovning kuchli zarbasi shundoqqina darvoza yonginasidan o‘tib ketdi.

73-daqiqada himoyachilarimiz xatosidan keyin “Navbahor” futbolchilar yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi. Turg‘unboyev to‘pga yeta olmadi.  75-daqiqada maydon egalari hisobni ochishdi. Murod Holmuhammedovning ajoyib reydidan keyin Darko Gojkovich raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

87-daqiqada Suhrob Berdiyevning reydidan keyin Javohir Sidiqov raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Bu vaziyatda Suhrob Berdiyevning hatti-harakatlarini alohida ta’kidlash joiz.

Shu tariqa tarkibdagi yo‘qotishlarga qaramay, futbolchilarimiz shiddatli va keskin kurshalar ostida o‘tgan “vodiy derbisi”da muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Oliy liga, 25-tur.

“Qo‘qon-1912” – “Navbahor” – 2:0 (0:0)

Hakamlar: H. Ro‘ziyev (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent).

Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).

PFL vakili: A. Frolov.

Gollar: Darko Gojkovich – 75, Javohir Sidiqov – 87.

“Qo‘qon-1912”:  13. Nikita Ribkin, 7. Jamshid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov (4. Bahodir Akramov-90), 11. Andrey Sidorov (96. Muhammadanas Hasanov-56), 14. Doniyor Hasanov, 19. Suhrob Berdiyev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 26. Akmal Xolmurodov (97. Oybek Rustamov-89), 55. Darko Gojkovich, 70. Quvondiq Ro‘ziyev, 77. Murod Xolmuhammedov.

Zaxira: 30. Islom Abdullayev, 17. Avaz Mamatxo‘jayev, 25. Iqbol Malikjonov, 27. Doston Meliqo‘ziyev.

“Navbahor”: 23. Dilshod Hamroyev, 5. G‘iyos Komilov, 6. Oston O‘runov (84. Nemanya Yovanovich-82), 7. Oybek Qilichev, 9. Dilshod Jabborov, 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A’zam Aliyev, 22. Ruzimboy Ahmedov (70. Abbos Maxstaliyev-72), 32. Jahongir Mehmonov, 44. Darko Stanoyevich, 77. Aziz Turg‘unboyev (17. Ilhom Boydadayev-79).

Zaxira: 30. Asilbek Amonov, 4. Abbos Otaxonov, 18. Doniyor Usmonov, 24. Sardor Azimov.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 17:08, 21.10.2017.
O'qildi: 2130 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.