Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Marsel» – «PSJ». Neymar qizil kartochka oldi (videosharh)

«Marsel» – «PSJ». Neymar qizil kartochka oldi (videosharh)

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining 10-turi doirasida «PSJ» safarda «Marsel» mehmoni bo‘ldi. Bahsning so‘nggi daqiqalarida Neymar qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Braziliyalik futbolchi ikki nafar raqib futbolchisini aldab o‘tayotganida, unga nisbatan fol ishlatildi. Hakam hushtagini chalganiga qaramay, Neymar to‘p bilan harakatlanishda davom etdi. Bu vaqtda "Marsel"ning boshqa futbolchisi uni yana chaldi. Braziliyalik hujumchining bundan jahli chiqib ketdi va o‘rnidan turib, raqibini turtdi. "Marsel" futbolchisi yuzini ushlagancha yerga quladi.

Hakam har ikkala futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatdi. Bundan 2 daqiqa avval dastlabki ogohlantirishini olgan Neymar, ikkinchi sariq kartochka tufayli maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Bu paytda 1:2 hisobida ortda borayotgan "PSJ" bahsning so‘nggi daqiqasida Kavani tomonidan urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:25, 23.10.2017.
O'qildi: 8257 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик