Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Ravshan Haydarov: «Guruhda saviya jihatidan teng jamoalar yig‘ildi»

Ravshan Haydarov: «Guruhda saviya jihatidan teng jamoalar yig‘ildi»

Baho:
+ | -

Xitoyning Chanchjou shahrida bugun, 24 oktyabr kuni U-23 Osiyo chempionati–2018 guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston U-23 termasi “A” guruhidan joy oldi. Guruh bosqichida jamoa Xitoy, Qatar va Ummon bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. 

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov qur’a natijasi, jamoalar salohiyati va guruhdagi vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Xitoy terma jamoasining mezbon sifatida ishtirok etishini hisobga olmasa, guruhda saviya jihatidan teng jamoalar yig‘ildi, deyish mumkin”, –dedi  Ravshan Haydarov O‘FF matbuot xizmatiga. “Xitoy va Qatar yoshlari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik va ularning qanday salohiyatga ega jamoa ekanligini bilamiz. Ummon esa saralash bahslarida Eron guruhda qoldirib, Osiyo chempionati final bosqichiga chiqa oldi. Bu ham ularning kuchli jamoa ekanligidan dalolatdir”.

“Umuman olganda, musobaqada har jihatdan teng kuchga ega jamoalar ishtirok etadi va ularning imkoniyatlarini deyarli bir xil. Barchasi jamoalarning musobaqaga qanday kayfiyatda va qay tarzda tayyorgarlik bilan kelishiga bog‘liq. Bu yoshdagi terma jamoalar orasida kimnidir favorit yoki aksincha autsayder deyish mushkul.

Ushbu musobaqa juda ko‘p futbolchilar uchun milliy terma jamoaga tramplin sifatida xizmat qiladi. Bizning terma jamoa futbolchilari uchun ham musobaqa juda muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu musobaqa orqali ular milliy terma jamoaga munosib ekanliklarini isbotlashga harakat qilishadi”.

Ma’lumot uchun, U-23 Osiyo chempionati 2018 yilning 8–27 yanvar kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadi. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi BAAda bo‘lib o‘tgan saralash bosqichi “D” guruhida 1-o‘rinni egallagan holda Xitoydagi Osiyo chempionati–2018 musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:57, 24.10.2017.
O'qildi: 3429 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик