Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Aleksandr Mochinov: «Birinchi o‘yindan keyin raqibni o‘rganib chiqqanimiz o‘z samarasini berdi»

Aleksandr Mochinov: «Birinchi o‘yindan keyin raqibni o‘rganib chiqqanimiz o‘z samarasini berdi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi BAA yoshlariga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov O‘FF matbuot xizmatiga uchrashuv borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Avvalo bugungi g‘alaba bilan rahbariyatni, jamoamni va bizni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislarni tabriklayman. Birinchi o‘yindan keyin raqibni o‘rganib chiqqanimiz o‘z samarasini berdi. BAA yoshlar termasi bosh murabbiyini ham alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim. Serbiyalik mutaxassis qo‘li ostida BAA yoshlari ancha kuchaydi.

Har ikki jamoa futbolchilarining bugungi o‘yinga tayyorgarligi yaxshi bo‘lganini ko‘rish mumkin. Avval ham ta’kidlaganimdek, bu yoshda futbolchilar o‘yin davomida xushyorlik va e’tiborni yo‘qotadi, menimcha shuning evaziga bugun raqib darvozasiga ko‘p gol urishga  erishdik. Shu bilan birgalikda, so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gollar ustida ishlashimiz kerak.

31 oktyabr kuni Osiyo chempionati saralash bosqichi uchrashuvlarini o‘tkazish uchun Tojikistonga uchib ketamiz. U yerda oson o‘yinlar bo‘lmaydi. Bundan tashqari, o‘yinlar sun’iy qoplamali maydonda o‘tkaziladi. Ertadan jamoamiz ham sun’iy qoplamali maydonda mashg‘ulotlar o‘tkazib, bo‘lajak o‘yinlar oldidan so‘nggi tayyorgarliklarni o‘tkazadi”, – dedi Aleksandr Mochinov.

Ma’lumot uchun, shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkaziladi. “B” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi OCH yo‘llanmasi uchun mezbon Tojikiston, Shri-Lanka, Bangladesh va Maldiv orollariga qarshi maydonga tushadi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 18:37, 25.10.2017.
O'qildi: 2685 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.