Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Xitoyda ishlashga yaqin turibdi.
Nanfang Daily nashri xabariga ko‘ra, Xitoyning "Guangjou Evergrand" va Anchelotti shartnoma imzolash borasida kelishib olgan. Rasmiy xabar esa 4 noyabr kuni e’lon qilinadi.
Anchelotti Luis Felipe Skolarining o‘rnini egallaydi.