Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya 1-2 Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya 5-0 O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya 0-0 Gana
24/06 04:00 Panama 0-1 Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya 1-0 Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar
25/06 03:00 Shotlandiya - Braziliya
25/06 03:00 Marokash - Gaiti
25/06 06:00 Chexiya - Meksika
25/06 06:00 JAR - Janubiy Koreya

Rossiya kubogi. Shomurodov penaltilar seriyasida 2 marta zarba berdi, ammo...

Rossiya kubogi. Shomurodov penaltilar seriyasida 2 marta zarba berdi, ammo...

Baho:
+ | -

Rossiya kubogining nimchorak final bosqichi doirasida o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. "Rostov" o‘z maydonida "Amkar"ni qabul qildi.

Tanaffusga qadar 1:1 hisobi qayd etildi. Ikkinchi bo‘limda esa jamoalar darvozalarga yo‘l topa olishmadi. Natijada hakam qo‘shimcha bo‘limlar belgiladi. Ammo 30 daqiqa davomida ham muxlislar boshqa gol ko‘rishmadi. O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov 105-daqiqada maydonga tushirildi.

Penaltilar seriyasida tomonlar naq 12 martadan zarbani amalga oshirishdi. Birinchi bo‘lib 11 metrli nuqta oldiga Eldor Shomurodov yaqinlashdi va hisobni ochdi. Besh martadan zarba berilganidan keyin rostovliklar g‘alaba qozonishi mumkin edi, ammo so‘nggi zarbani Gaskan golga aylantira olmadi. Keyingi zarbalarning barchasi golga aylanaverdi. 11 nafardan futbolchilardan barchasi zarba berib bo‘lganidan keyin hisob 9:9 ko‘rinishiga keldi. Mezbonlarning 12-zarbasini yana Shomurodov amalga oshirdi. Ammo to‘pni "Amkar" posboni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Permliklar 12-zarbani golga aylantirib, g‘alabani ilib ketishdi.

Rossiya kubogi, nimchorak final
Rostov – Amkar 1:1 (1:1, 0:0, 0:0, 0:0). Penaltilar seriyasi - 9:10
Gollar: 0:1 – 19 Idovu, 1:1 – 40 Parshivlyuk.
Rostov – Pesyakov, Ingason, Ustinov, Parshivlyuk, Vilyush, Mogileves (Makeev, 54), Gaskan, Zuyev (SHomurodov, 105), Ionov (Dumbiya, 86), Mayer, Buxarov.
Amkar – Nigmatullin, Milkovich, Idovu (Prokofyev, 93), Sivakov, Konde, Ogude, Gashenkov (Melnikov, 87), Balanovich, Kostyukov (Zaysev, 67), Belorukov, Bodul.
Ogohlantirishlar: Mayer (60), Konde (109).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:25, 26.10.2017.
O'qildi: 9668 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик