Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Qo‘qon-1912» yana bir tarixiy voqeaga yaqin!

«Qo‘qon-1912» yana bir tarixiy voqeaga yaqin!

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” jamoasi bu yilgi mavsumni yuqori saviyada o‘tkazayotgani hech kimga sir emas.

Garchi, vakillarimiz ikkinchi davrani barqaror o‘tkaza olmayotgan bo‘lishsa-da, futbolchilarimizning hujumkor o‘yinlari muxlislarimizni xursand etayotgani bor gap. Joriy yilda jamoamiz Qo‘qon futboli tarixiga yangi sahifalarni ochib berishmoqda.

Bu haqida mavsum yakuniga yetgach, atroflicha to‘xtalamiz. Kechagi o‘yinda jamoamiz Oliy ligadagi 366-uchrashuvni o‘tkazdi. “Navbahor” bilan bo‘lib o‘tgan bahsda Oliy ligadagi yubiley 450-ochko qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, navbatdagi bellashuvda yana bitta tarixiy voqeaga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Shu kunga qadar “Qo‘qon-1912” futbolchilari chempionat doirasidagi bahslarda raqiblari darvozasiga 498 ta gol kiritishdi. Yana ikkita goldan keyin 500-dovon ham zabt etiladi. Yubiley golga kim mualliflik qilishni esa yaqin orada bilib olsak ajab emas. Vakillarimizga navbatdagi o‘yinlarda omad tilab qolamiz.

Manba: fckokand1912.uz
Kiritildi: 09:15, 26.10.2017.
O'qildi: 2770 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик