Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/03 18:00 Real Sosyedad 2-1 Valyadolid
29/03 18:30 Nasaf 0-0 Neftchi
29/03 19:00 Venetsiya 0-1 Bolonya
29/03 19:00 Komo 1-1 Empoli
29/03 20:00 Mash’al 1-0 So‘g‘diyona
29/03 20:15 Espanyol 1-1 Atletiko
29/03 20:30 Paxtakor 0-1 Dinamo
29/03 22:00 Yuventus 1-0 Jenoa
29/03 22:30 Alaves 0-2 Rayo Valyekano
30/03 00:45 Lechche 0-1 Roma
30/03 01:00 Real Madrid 3-2 Leganes
30/03 15:30 Kalyari - Monsa
30/03 17:00 Xetafe - Vilyarreal
30/03 18:00 Fiorentina - Atalanta
30/03 19:15 Barselona - Jirona
30/03 21:00 Inter - Udineze
30/03 21:30 Valensiya - Malyorka
30/03 21:30 Atletik Bilbao - Osasuna
30/03 23:45 Napoli - Milan
31/03 00:00 Betis - Sevilya
31/03 21:30 Verona - Parma
31/03 23:45 Lasio - Torino
01/04 00:00 Selta - Las-Palmas

Marek Gamshik: «Yuventus» misoli bronepoyezd»

Marek Gamshik: «Yuventus» misoli bronepoyezd»

Baho:
+ | -

«Napoli» sardori Marek Gamshik Il Mattino nashriga bergan intervyusida Neapolda o‘tkazgan o‘n yili, Dris Mertens, «A» seriya va boshqa narsalar haqida gapirib o‘tdi.

- Marek, «Napoli»da 11-mavsumingizni o‘tkazyapsiz. Shulardan qay biri eng yaxshisi bo‘lgan?

- O‘n yil bir zumda o‘tib ketdi. Shu yerda ulg‘aydim. «Napoli»ga o‘spirin paytimda kelgandim. Klub muvaffaqiyat qozongandagi xotiralar bir umrga muhrlanib qolgan.

- Neapol siz uchun nima?

- Mening hayotim. Bu shaharga muhabbatim uyg‘ongan paytni so‘z bilan ta’riflab berolmayman. Bir jamoada o‘n yilni o‘tkazish shunchaki gap emas. Hech qachon nimanidir o‘zgartirishni istamaganman. Bu yerda o‘zimni yaxshi his qilaman.

- Siz hamon o‘n yil oldingideksiz.

- Shunday. Bugun ham o‘n yil oldingidek energiya va istagim bor.

- Jamoa yetakchisi bo‘lish qi­yinmi?

- Ha. Eng muhimi, yetakchi bo‘lish - ajoyib. Sizni hamma taniydi. Lekin asosiysi, barcha tanishini his qilish. Men neapolliklar qalbidan joy olganman. Bu esa menga quvonch bag‘ishlaydi.

- Hech qachon jahlingiz chiqmaydi. Shundaymi?

- Qachonki zaxiraga olishsa g‘azablanaman (kuladi).

- Maradonaning rekordi haqida o‘ylayapsizmi? U «Napoli» safida 115ta gol urgan.

- Unchalikmas. Diyegodan keyin ikkinchi o‘rinda borayotganim ham menga quvonch bag‘ishlaydi.

- «Napoli» safida urgan 114 golingizning qaysi biri eng esda qolarli bo‘lgan?

- Albatta, «A» seriyada urgan birinchi golim. O‘shanda Neapolda «Samp­doriya» darvozasini ishg‘ol qilgandim. Shuningdek, Italiya kubogi finalida «Yuventus» darvozasiga urgan golim ham esimdan chiqmaydi.

- Chempionlar Ligasida «Real»dan revansh olishni istarmidingiz?

- Judayam. Lekin faqat yarim final yoki finalda.

- «Napoli» Manchesterga safar uyushtiradi. 2011 yili aynan «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvda Chempionlar Ligasidagi deb­yu­tingizni nishonlagandingiz. O‘sha o‘yin nimasi bilan esda qolgan?

- His-hayajon. Biz yaxshi o‘ynab, 1:1 hisobida durang qayd etganmiz. Hozir o‘shandagidan ko‘ra kuchliroqmiz.

- Bunda Maurisio Sarrining hissasi kattami?

- Unda g‘olib mentaliteti bor. Biz aniq bir maqsad bilan maydonga tushamiz. Har qanday uchrashuvda o‘z o‘yinimizni namoyish qilishimiz mumkin. Oldinlari esa biz bilan bahsda boshqalar shu ishni qilashardi.

- Sarri terma jamoalar o‘yinlarini yozga ko‘chirish haqida gapirgandi.

- Unda qachon dam olarkanmiz? (kuladi). Taqvim shundoq ham tig‘iz. Buning ustiga, futbolchilar uchun terma jamoa safida o‘ynash sharaf.

- Gol ura olmaslik ko‘proq jahlingizni chiqaradimi yoki ikkinchi bo‘limda zaxiraga olishlarimi?

- Xayriyatki, mening gollarimga bog‘lanib qolishmagan. Jamoamizning oldingi chizig‘ida kuchli futbolchilar jamlangan. Yevropadagi eng hujumkor tandem desa ham bo‘ladi. Demak zaxiraga olishsa, jahlim chiqadi.

- Buni Sarriga aytganmisiz?

- Albatta. Maydondan o‘yin tugamay chiqib ketish hech kimga yoqmaydi.

- Mertensning bu darajada kuchayib ketishini kutganmidingiz?

- U qanotda kuchli edi. Lekin Dris markazda ham o‘zini ko‘rsata oldi. Endi jamoada haqiqiy markaziy hujumchi bor.

- Joriy mavsumda «Napoli» skudetto uchun «Yuventus» bilan kurash olib boradimi?

- Balkim. Lekin bu haqda gapirishga hali erta. Aniq bir fikr bildirish uchun asosiy o‘yinlardagi natijalarni kutish kerak. Shuningdek, Milan jamoalarini ham unutmang. Ular tarkibni ancha kuchaytirib olishdi va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashadilar. Nafaqat ular, boshqa jamoalar ham bor.

- Biror marta «Milan» yoki «Yuventus»ga o‘tmaganingizga afsuslanganmisiz?

- Hech qachon. Agar istaganimda «Napoli»da qolmasdim.

- Italiyadagi legionerlardan eng yaxshisi kim?

- Albatta, «Napoli»da o‘ynaydiganlari.

- Videohakamlar tuzimiga munosabatingiz qanday?

- Aniq bir narsa deyolmayman. U hakamlarga yordam beryapti. Lekin nimanidir olib qo‘ymoqda. Masalan golni nishonlashga shoshilmaslik kerak. Chunki bir necha daqiqadan so‘ng ushbu golni bekor qilishlari mumkin. Shubhasiz, ko‘p vaziyatlarda bu tizim yordam beradi. Misol uchun, «Feyenoord» bilan o‘yinda VAR ishlatilganida, gollandiyaliklar foydasiga penalti belgilanmagan bo‘lardi.

- Bugungi «Yuventus» haqida fikringiz qanday?

- «Yuventus» - misoli bronepoyezd. Bu jamoa yo‘ldan chiqib ketmaydi. Turinliklarning kuchi ham shunda.

- Agent Mino Rayola haqidagi fikringiz qanday?

- U jiddiy mutaxassis. Yevropa futbolidagi yulduzlarning to‘rtdan bir qismi Mino bilan birga ishlaydi.

- Lekin yulduzlardan biri uning galaktikasidan joy olmagan. U sizni Neapoldan ketishga chaqirmaganmi?

- Har kimning o‘z yo‘li bor. Rayola ham men kabi professional. Uning men haqimda nima deyishi qiziq emas.

- Futbol olamida do‘stlik bormi?

- Albatta. Agar jamoada do‘stlik bo‘lmasa, g‘alaba qozonish qiyin.

- Sizning chizig‘ingizdagi eng kuchli futbolchi kim?

- Inyesta - hammadan kuchli. Uning harakatlarini soatlab kuzatishim mumkin.

- Qaysi murabbiy qo‘l ostida o‘ynashni istagan bo‘lardingiz?

- Gvardiola. Lekin u bilan Chempionlar Ligasida raqibmiz.

- Faoliyatingizni yakunlaganingizdan so‘ng nima bilan shug‘ullanasiz?

- Bilmadim. Endi 30 yoshdaman. Balki murabbiy yoki boshqaruvchi bo‘larman.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:17, 26.10.2017.
O'qildi: 1956 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz