Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston termasi BAAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston termasi BAAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi shu yilning 31 oktyabr – 4 noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazadi. Yig‘in doirasida Bahodir Ahmedov shogirdlari BAAga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

O‘rtoqlik o‘yinlari 2 va 3 noyabr kunlariga belgilangan. O‘rtqolik o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun terma jamoa Toshkentda 27–30 oktyabr kunlari mashg‘ulotlar o‘tkazadi.  

Bahodir Ahmedov bo‘lajak yig‘inlarga 16 o‘yinchini jalb qildi. Quyida ular bilan tanishish mumkin:

Darvozabonlar: Rustam Umarov («Ardus»), Akmaljon Hazratkulov («Do‘stlik-AIN»);

O‘yinchilar: Artur Yunusov («Ardus»), Mashrab Odilov («Ardus»), Konstantin Sviridov («Olmaliq»), Farhod Abdumavlonov («Ardus»), Davron Choriyev («Ardus»), Husniddin Nishonov («Nafis»), Davronjon Abdurahmanov («Ardus»), Anasxon Rahmatov («Ardus»), Ixtiyor Ropiyev («Maksam-CHirchiq»), Dilmurod Shavkatov («Ardus»), Alan Aminov («Ardus»), Xushnur Erkinov («Ardus»), Akbar Usmonov («Olmaliq»), Botirbek Rizayev («Maksam-CHirchiq»).

Qayd etish joiz, O‘zbekiston va BAA futzal terma jamoalarining o‘rtoqlik o‘yinlari O‘zbekiston Futbol Federasiyasi va BAA Futbol Assosiasiyasi o‘rtasidagi imzolangan memorandum doirasida tashkil qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Eronning Tabriz shahrida bo‘lib o‘tgan OCH saralash bosqichi «A» guruhida 1-o‘rinni egallab, Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Futzal bo‘yicha qit’a birinchiligi 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:03, 26.10.2017.
O'qildi: 2104 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.