Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Oliy liga. Hakamlarning xatosi «Paxtakor»ga g‘alaba keltirdi

Oliy liga. Hakamlarning xatosi «Paxtakor»ga g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Oliy liganing navbatdagi turida bo‘lib o‘tgan markaziy o‘yinda "Paxtakor" o‘z maydonida "Bunyodkor"ni mag‘lubiyatga uchratdi. Bu safar ham uchrashuv taqdirini hakamlarning qo‘pol xatosi hal qilib berdi.

Shota Arveladze shogirdlari nisbatan hujumkor o‘yin namoyish qilishdi. Mirjalol Qosimov jamoasi esa yaxshi himoyalangan holda, qarshi hujumlarda imkoniyatlardan foydalanishga harakat qildi. Butun bahs davomida har ikkala klub golga tortadigan vaziyatlar yaratishdi. Ammo ulardan foydalanishda o‘yinchilarga aniqlik yetishmadi.

O‘yin tugashiga 6 daqiqa qolganida o‘sha qo‘pol xato ro‘y berdi. Yaqqol ofsaydda turgan Kamoliddin Tojiyev to‘pni qabul qildi va raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Qanotda ishlagan laynsmen qanday qilib buni ko‘rmay qolgani tushunarsiz.

Oradan 2-3 daqiqa o‘tib "Bunyodkor" hujumchisi raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Bu safar narigi qanotda ishlagan laynsmen ofsayd qayd etishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Shu tariqa, keskin kurashlar ostida kechayotgan poytaxt derbisiga hakamlarning xatosi soya soldi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Paxtakor" o‘z ochkolarini 50taga yetkazib oldi. Paxtakorchilar "Bunyodkor" bilan oradagi farqni 5 ochkoga yetkazib olgan bo‘lsa, "Nasaf"ni quvishda davom etadi.

Oliy liga, 26-tur
"Paxtakor" - "Bunyodkor" 1:0 (0:0)

Gol: Kamoliddin Tojiyev (84)
Toshkent. "Paxtakor" markaziy stadioni. 18:00
"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, Marko Simich, Kamoliddin Tojiyev, Xojiakbar Alijonov, Akbar Ismatullayev, Jamshid Iskanderov, Tiago Bezerra, Jasur Yaxshiboyev, Gidi Kanyuk, Igor Sergeev.
Zaxira: Eldor Suyunov, Azim Ahmedov, Sherzod Karimov, Suhrob Nurullayev, Davron Hoshimov, Doston Ibrohimov, Zabihillo O‘rinboyev.
"Bunyodkor": Suhrob Sultonov, Akrom Komilov, Anvar G‘ofurov, Rustam Ashurmatov, Dilshod Ahmadaliyev, Javlon Ibrohimov, Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov, Shohruh Gadoyev, Doston Hamdamov, Shahzod Nurmatov.
Zaxira: Murod Zuhurov, Islom Qobilov, Vohid Shodiyev, Farruh Ikromov, Davron Umirov, G‘iyosov, Shohruz Norxonov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:53, 26.10.2017.
O'qildi: 15305 marta.
Fikrlar: 69 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик