Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bir murabbiy bitta jamoada ishlashi kerak»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bir murabbiy bitta jamoada ishlashi kerak»

Baho:
+ | -

So‘nggi haftaning eng ko‘p muhokama qilingan mavzusi bu Ro‘ziqul Berdiyevning O‘zbekiston milliy termasiga bosh murabbiy etib tayinlangani bo‘ldi.

Qizig‘i shundaki, 22 oktyabr kuni 46 yoshga to‘lgan Ro‘ziqul Sa’dullayevich mamlakatimiz bosh jamoasini faqat bitta o‘yinga tayyorlaydi.

Xabaringiz bor, 14 noyabr kuni BAA va O‘zbekiston termalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Biz 20 yildan beri «Nasaf»ga sodiq bo‘lib kelayotgan mutaxassisdan eksklyuziv intervyu oldik.

Ma’lumot uchun, Berdiyev 2008 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylar shtabiga qo‘shilgandi. 2012 yildan e’tiboran «Nasaf» bosh murabbiyi sifatida ishlab kelyapti.

- Bu men uchun kutilmagan taklif bo‘ldi, - deya so‘z boshladi Ro‘ziqul Sa’dullayevich. - Farg‘onada «Neft­chi»ga qarshi kechgan o‘yindan keyin federasiyaga chaqirishdi. U yerda O‘FF vise-prezidenti Shoakram Isroilov bilan uchrashdim va terma jamoani vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida qabul qilib olishimni aytishdi. Bu taklifga rad javobini berib bo‘lmasdi. Bitta o‘yinga bo‘lgani uchun rozilik berdim.

- «Nasaf» oldida o‘ta muhim o‘yin­lar turgan bir paytda bu qaror klubingiz uchun biroz qaltis emasmi? Har holda, «Nasaf» OCHL yo‘llanmalari uchun kurash olib bor­yapti...

- Bu haqda o‘ylab ko‘rdim. Haqiqatan ham «Nasaf» uchun juda tig‘iz va shu bilan birga muhim palla. Hamisha bir murabbiy ikki jamoada ishlashiga qarshi bo‘lganman. Lekin gap milliy terma haqida ketarkan, bu qoidalarni biroz chetlab o‘tishga to‘g‘ri keldi. Aytishadi-ku, Vatan tanlanmaydi, deb!

- O‘FF bilan rasman shartnoma imzoladingizmi?

- Yo‘q. Hammasi og‘zaki kelishuv asosida bo‘ldi. Terma jamoani faqat bitta o‘yinga tayyorlayman.

- Vazifangizga qachondan kirishasiz?

- Ishni boshlab yubordik. Shaxsan o‘zim «Buxoro» - «Paxtakor» uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatdim. Yordamchilarim «Bunyodkor» - «Sho‘rtan» bahsini tomosha qilishdi. Bir kunda 2-3ta o‘yinlar yozilgan disklarni ko‘rib, tahlil qilyapmiz.

- Murabbiylar shtabida sizga kimlar yordam beryapti?

- Bitta o‘yinga tayinlanganim uchun asosan «Nasaf»dagi yordamchilarim Shuhrat Toshpo‘latov va Denis Ivankov ko‘maklashishmoqda. Ivankov darvozabonlar bilan ishlaydi. Shuningdek, Ja’far Irismetov ham milliy jamoa murabbiylar shtabidan joy oladi va biz bilan BAAga boradi. 26-turda ham bir nechta e’tiborga molik uchrashuvlar bor. Jumladan, «Bunyodkor» - «Paxtakor», «Lokomotiv» - «Qo‘qon-1912»... Bu o‘yinlarni ham yordamchilar hamrohligida kuzatamiz. Bugungi kunda termaning kengaytirilgan tarkibidan 50 nafar futbolchi joy olgan.

- Bu ro‘yxatni sizga O‘FF tuzib berdimi yoki u o‘zingizning kuzatishlaringiz asosida yuzaga keldimi?

- Yaqinda oliy liga klublari murabbiylarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi. Unda har bir jamoa ustozi o‘z kuzatishlari asnosida bosh jamoaga nomzod futbolchilarni tavsiya etgandi. Ro‘yxat shu asosda tuzib chiqilgan. Ular orasida o‘zim kuzatib yurgan futbolchilar ham bor.

- BAAga qarshi kechadigan o‘yinga tayyorgarlik qachondan boshlanadi?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:07, 28.10.2017.
O'qildi: 6335 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.