Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

«Sport» TVda yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida

«Sport» TVda yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida

Baho:
+ | -

Yurtimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar sabab ko‘p yangiliklar eshitmoqdamiz.

Yaqinda internet nashr­larida bir xabar tarqaldi va u bir jihati - jahon chempionatiga aloqadorligi bilan diqqatga sazovor edi.

Xabarda aytilishicha, «Sport» telekanali JCH-2018 musobaqasini olib ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Bu ozmuncha yangilik emas.

Eng muhimi - translyasiya qancha turishini ham bilib oldik. 2014 yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan mundial translyasiyasi Markaziy Osiyo mintaqasi uchun 800 ming AQSH dollari bo‘lgan ekan.

Demak, bu safar ham shunga yaqin mablag‘ bo‘ladi.

Bu xabarning ahamiyati bir necha sabablarga ko‘ra biz uchun muhim. Birinchidan, «Sport» telekanali qanday zahmat va xarajat hisobiga jahon chempionati o‘yinlarini olib berayotganini bilib oldik.

Nima uchundir avvallari bunday ma’lumot sir saqlanardi. O‘zbek futbolida ochiq-oydin xabarlarni har doim eshitavermaysan va translyasiya summasi oshkor qilingani ham katta masala. Albatta, «Sport» bu pulni yolg‘iz o‘zi to‘lamaydi, chunki gap Markaziy Osiyo mintaqasi haqida ketmoqda va boshqa davlatlar telekanallari ham sotib olishi turgan gap.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda, JCH-2014 o‘yinlari bizning «Sport» TVga 100 ming dollarga tushgan. Ammo bu ham ozgina pul emas.

Umuman, oxirgi vaqtlarda «Sport» TVda amalga oshirilayotgan ishlar darhaqiqat, tahsinga sazovor. Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan «Buxoro» - «Paxtakor» o‘yini translyasiyasidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Yevropa standartlari asosida o‘yinni olib ko‘rsatish o‘zimiznikilarning qo‘lidan ham kelar ekan. Yuqoridan olingan stadion tasviri deysizmi yoki o‘yindan olingan kadr­lar - hammasi yuqori sifatga javob beradi.

Ilgari viloyat tugul, poytaxt jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlar ham bunday olib ko‘rsatilmagan. Istardikki, bunday translyasiyalar davomiy bo‘lsa.

Albatta, hali qilishadigan ishlar yetarli. Masalan, O‘zbekiston chempionati bahslarini to‘liq olib ko‘rsatish borasida hali muammolar bor. Ammo bu masala ham hal qilinishiga ishonish mumkin. Masalan, Namangandan «Nav­bahor»ning uy o‘yinlari jonli efirda muntazam ravishda translyasiya qilinmoqda.

Yaqin vaqtlar ichida bosh­qa viloyatlar ham bu safga qo‘shilib qolar. Yomon tomoni, bu muammolarni hal qilish yolg‘iz kanalning o‘ziga bog‘liq emas. Balki O‘zbekiston futbol federasiyasi hamda Professional futbol ligasi bilan hamkorlikda hal qilish lozimdir?

Nima bo‘lgan taqdirda ham DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:19, 28.10.2017.
O'qildi: 19240 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.