Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

Yangi rahbar, eski tizim yoxud nimaga Omon G‘ofurovning faoliyati eski uslub bilan boshlandi

Yangi rahbar, eski tizim yoxud nimaga Omon G‘ofurovning faoliyati eski uslub bilan boshlandi

Baho:
+ | -

Oxirgi vaqtlarda O‘zbekiston futbol federasiyasidan yangiliklar shu qadar ko‘p tarqalmoqdaki, ba’zan o‘qishga ham ulgurmay qolmoqdamiz.

Birini eshitib, mushohada qilib olguncha ikkinchisi chiqib turibdi. Uzoq yillar «mudrab yotgan» tashkilotdan birdan buncha tashabbus chiqishi kishini shoshiltirib qo‘yarkan.

PFLning uzoq yillik rahbari Farhod Magometov ishdan bo‘shatilib, o‘rniga Omon G‘ofurovning tayinlanishi ham mana shunday yangiliklardan bo‘ldi.

Hozir bu qaror ko‘pchilikni hayron qoldirgani haqida ortiqcha gapirish shart emasdir. Har holda, oradan ancha vaqt o‘tdi va Omon ­G‘ofurov degan nomga ko‘nikib ulgurdik. Shu vaqtga qadar uni ko‘pchilik eshitmagani esa endi katta ahamiyat kasb etmaydi.

To‘g‘ri-da, futboldan chiqqanlar futbolni boshqarishni eplay olmaganda, xorijiy tillar mutaxassisi nima uchun o‘zini sinab ko‘rmasligi lozim?

Shaxsan o‘zim Farhod Magometovni o‘zbek futboli tarixidagi eng kuchli himoyachilardan biri, deb bilaman. Farhod aka butsasining mixi chiqib, bosgan yo‘lida qon izi qolganda ham o‘yinni to‘xtatmagani haqidagi gap-so‘zlar esa afsona darajasiga chiqib ulgurgan.

U mana shunday jangchi-futbolchi bo‘lgan. Ammo PFLdek katta tashkilotni boshqarish uchun bu sifatlarning o‘zi kamlik qilishini aynan uning misolida ko‘rib oldik.

Shunday ekan, Omon G‘ofurovni hozir hech kim tanimayotgan bo‘lsa, buning hech qanday qo‘rqinchli joyi yo‘q.

Muhimi, u O‘zbekiston chempionatiga uzoq kutilgan tartibni olib kirsa bo‘lgani. O‘FF rasmiy sayti tomonidan e’lon qilingan xabarda G‘ofurovning tarjimai holi yetarlicha yoritilmagan.

Yodda qoladigan jihati esa faqat bitta - uchta xorijiy (ingliz, ispan va rus) tilda so‘zlasha oladi. Aslida, katta tashkilotni boshqaradigan shaxsdan o‘yin­ni anglashdan ko‘ra, til bilish va tashabbuskorlik ko‘proq talab qilinadi.

Shunday ekan, PFL boshqaruvidan futbolchi ketib, tilmoch kelganida shaxsan o‘zim hech qanday muammo ko‘rmayapman. Omon G‘ofurovning Farhod Magometovdan ko‘ra yaxshiroq ishlay olishiga ham ishonmoqdaman.

Bu borada hech qanday muammo yo‘q. Muammo boshqa tomonda - bu o‘zgarish o‘z vaqtida amalga oshirildimi?

Gap shundaki, Omon G‘ofurov PFL boshqaruviga kelgandan so‘ng bir necha kun o‘tar-o‘tmas, O‘zbekiston kubogi finali sanasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, «Bunyodkor» va «Lokomotiv» o‘rtasidagi hal qiluvchi o‘yin 4 dekabr, dushanba kuni soat 15:00ga belgilandi.

Bu raqamlar bir qarashda oddiy tuyulishi mumkin, ammo futbol muxlisi uchun g‘alati ko‘rinish olishi turgan gap. Biz shu vaqtga qadar Farhod Magometov boshchiligidagi PFLni aynan shu bois tanqid qilib keldik. Uning davrida oliy liga va kubok o‘yinlari haftaning ish kuniga va ish vaqtiga belgilanar edi.

Muxlislar manfaati esa DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:54, 29.10.2017.
O'qildi: 3768 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.