Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Umid Ahmadjonov: «Qaror qabul qilishda ekspertlar bilan maslahatlashdik»

Umid Ahmadjonov: «Qaror qabul qilishda ekspertlar bilan maslahatlashdik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasining Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining qaroriga ko‘ra futbol bo‘yicha 2018 yilgi Oliy liga musobaqalarida 12 ta jamoa ishtirok etadi. Chempionat o‘yinlari esa 3 davra tizimida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Yangi formatga ko‘ra, 12 ta jamoa 3 davrada aylanma tizimda o‘ynaydi. Bunda har bir jamoa mavsum davomida 33 ta o‘yin o‘tkazadi. Dastlabki ikki davraga mavsum boshida qur’a tashlanadi va jamoalar “uyda-safarda” tizimida bahs olib boradi. Musobaqaning uchinchi davrasiga esa reglament asosida qur’a tashlash yo‘li bilan mezbon-mehmon aniqlanadi. Natijada klublar o‘rtasida chempionlik va ligada qolish uchun raqobat kuchayib, musobaqa saviyasi oshadi.

Ushbu qarorni qabul qilish asnosida O‘FF va PFL rahbariyati murabbiylar, klublar rahbarlari, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining har bir taklifini chuqur o‘rganib chiqdi.

“Men bugungi qabul qilingan qarordan qoniqish hosil qildim”, – dedi O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov. “Chunki, u bir tomonlama qabul qilinmadi. Biz hamma kiritilgan taklif va mulohazalarni o‘rganib chiqdik. Keyin esa yangi formatning bizning sharoitga qanday to‘g‘ri kelishini o‘rgandik.

Yakunda esa 12 ta klub qatnashadigan musobaqa variantida to‘xtadik. Men ushbu qarorning qabul qilinishida ishtirok etgan har bir ekspert va ommaviy axborot vositalari vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”.

“Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va uni o‘tkazish tizimi islohga muhtoj ekanligi, milliy chempionatida raqobatbardosh jamoalar sonini ko‘paytirish orqali sog‘lom raqobatni kuchaytirish va bir so‘z bilan aytganda oliy liga o‘yinlarini tomoshabop musobaqa darajasiga olib chiqish uchun islohotlarni amalga oshirish juda muhim edi.

Bu borada biz eng avvalo ichki imkoniyatlar va sharoitlarni o‘rganib chiqib, keyin xalqaro tajribaga tayandik. Ekspertlar bilan maslahatlashgan holda 12 ta jamoadan iborat liga tanlovida to‘xtadik. Xuddi shu maqsad bilan birinchi liga jamoalari sonini ham 16 taga qisqartirdik. Umid qilamanki, bu islohotlar o‘zining ijobiy samarasini beradi”,  – deydi O‘FF Prezidenti.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 13:38, 30.10.2017.
O'qildi: 6304 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.