Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Lasio»ning super o‘yinlari kim yoki nima bilan bog‘liq?

«Lasio»ning super o‘yinlari kim yoki nima bilan bog‘liq?

Baho:
+ | -

Ha, yosh murabbiy Simone Inzagi Italiya poytaxtida ancha qiziqarli loyiha ustida ish olib bormoqda. Italiya «A» seriyasi. 9-tur. Turin. «Yuventus» - «Lasio». Hisob - 1:2. Bunga ayrimlar avvaliga ishonishmagandir.

Axir «keksa sinyora» 2015 yilning avgustidan buyon o‘z maydonidagi o‘yinlarda mag‘lubiyat nimaligini bilmagandi.

Xullas, Inzagining ishtiyoqli jamoasi «A» seriyasi bosh ishtirokchisi yuziga «tarsaki» tushirishdan hayiqmadi va bu bilan o‘ziga nisbatan qiziqish, e’tibor darajasini keskin oshirdi...

*****

O‘tgan yilning 8 iyul kuni ertalab «Lasio» fanatlari chuqur «shok» holatiga tushishdi. Chunonchi, bosh murabbiy lavozimini egallagan Marselo Byelsa oradan 3 kun o‘tib, jamoadan ketishini ma’lum qilgandi.

Voqealarning bunday tus olishi klub rahbariyatini ham biroz shoshirib qo‘ydi. «Byelsaning tuzukroq ishga kirishmay turib, ketishga chog‘langani hayratimizni oshirdi. Bu bir necha kun avval kuchga kirgan shartnoma majburiyatlarini qo‘pol buzishdir», - deya bayonot berdi klub prezidenti Klaudio Lotito.

Rimliklar shu tariqa Byelsa o‘rniga yangi murabbiy qidirishga tushib, zudlik bilan Chezare Prandelli va Fotih Terimga taklif yuborishdi, biroq ikkisidan ham rad javobi olishdi.

«A» seriyasi startiga esa hech qancha vaqt qolmagandi va Lotito yuzaga kelgan sarosimani yo‘qotish uchun «Lasio» boshqaruv rulini shunchaki, Simone Inzagiga topshirdi.

*****

- Inzagiga qoyil, u uzoq yillardan buyon «Lasio»ga nima yetishmayotganini osongina aniqladi va shu orqali jamoani yorug‘lik sari boshladi.

Simone futbolchilik davri aqlga tayanib to‘p surardi, mana, ko‘r-yapmanki, bu xislatini murabbiylik ishiga ham to‘liq va omadli olib o‘tibdi. Yana bir gap - Simone shunday xarakterga egaki, kiyinish xonasida o‘zini xafa qilishlariga aslo yo‘l qo‘ymaydi.

Shunday munosabat o‘laroq, futbolchilar hurmati va muhabbatini qozonadi - «Lasio» sobiq prezidenti Serjio Kranyotti «Roma» bilan derbidan oldin yosh murabbiyni shunday ta’riflagandi.

O‘sha rimcha qarama-qarshilik «Roma» yetakchisi Franchesko Totti uchun oxirgisi edi va unda mehmon sifatida o‘ynagan «Lasio» 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, Yevropa Ligasi yo‘llanmasini naqd qildi.

Ijobiy natijalar ta’sirida fanatlar va ular sira yoqtirmaydigan Lotito o‘rtasidagi keskin munosabatlar biroz yumshadi. Jamoa sohibi muxlislar nafrati ancha pasaygani uchun birinchi navbatda, aynan Inzagidan minnatdor bo‘lishi kerak edi.

Muhimi, «Lasio» prezidenti buni vaqtida tushundi va katta muammolardan ayni shu murabbiy yordami bilan qutulishi mumkinligini teran his qilib, yangi shartnomani rasmiylashtirdi.

Tabiiyki, unda Inzagining maoshi ham oshirildi. Murabbiy ishonchni yana to‘liq oqladi - «Lasio»ni shunday shakllantirdiki, Italiyada jamoani anchadan buyon bu qadar tetik holda ko‘rishmagandi...

*****

Simone murabbiy sifatida hali ancha yosh, shunga qaramay, turli eksperimentlarni yoqtiradi, to‘g‘ri, bunda zarur paytda to‘xtashni ham biladi.

U xususan, joriy mavsum asosan 3-5-1-1 taktik chizmasiga tayanish xususida yakdil xulosaga kelgan ko‘rinadi. «Yangi o‘yin uslubiga o‘tish ko‘p vaqt va katta ish talab etdi.

Muhimi, endi ishonchim komil, jamoam 3 nafar himoyachi bilan o‘ynashga tayyor holatda shakllandi», - dedi Simone Inzagi «Milan»ga qarshi o‘yin oldidan.

Ertasiga «rossonerlar» tor-mor bo‘lishdi, vaholanki, Vinchenso Montella ham 3 nafar himoyachini o‘z ichiga olgan taktikaga tayanmoqda.

To‘g‘ri, uning bu qarori majburiy, chunki Leonardo Bonuchchi aynan 3-5-2 sxemasiga odatlangan. Inzagi esa strategiyani qaysidir yulduzga qarab emas, aksincha, o‘z aqli va ishonchiga tayanib belgilamoqda.

Uning taktik chizmasida markaziy yarim himoyachilar juda muhim rol o‘ynashadi. Shuning uchun Lukas Bilyaning ketishi og‘riqli qabul qilindi. Bunday joyni bo‘sh qoldirish mumkin emasdi va «Liverpul»dan Lukas Leyva taklif etildi.

Simone braziliyalik tayanch yarim himoyachisidan tinmay yugurish va katta hajmda ish bajarishni talab qilmayapti. U shunchaki, o‘z hududida xotirjam harakatlanib, raqiblarning pozision hujumlarini buzib tursa, bas.

Leyva bu vazifani a’lo darajada uddalamoqda. Lukas shuning barobarida orqa chiziq vakillari rejalashtirilmagan hujum sayriga chiqishgan pallada ularning joylarini egallab, osongina markaziy himoyachiga aylanmoqda.

Xullas, DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:44, 31.10.2017.
O'qildi: 2583 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.