Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Kemada isyon yoxud Germaniya kubogidagi noroziliklarga sabab nima?

Kemada isyon yoxud Germaniya kubogidagi noroziliklarga sabab nima?

Baho:
+ | -

Nima uchun germaniyalik muxlislar DFB - nemis futbol ittifoqidan norozilar va Xitoy terma jamoasining nima aloqasi bor?

Joriy mavsum arafasida bundesliga klublari futbol ittifoqiga  qarshi isyon ko‘tardilar. Son-sanoqsiz bannerlar, hayqiriqlar va pirotexnika vositalari DFBga qarshi qaratilgandi.

Rahbariyatga bo‘lgan nafrat asossiz emasdi - muxlislar nemis futbolining qadriyatlarini saqlab qolishga urinayotgan, mutasaddilar esa ulardan xalos bo‘lishga intilishayotgandi.

Isyon arafasida

Avvalgi mavsum yakunida Drezdenning «Dinamo»si DFBga qarshi chinakam urush e’lon qildi. Karlsruedagi safar uchrashuvi chog‘ida jamoa muxlislari g‘oyat hayratlanarli, shu bilan birga, o‘ta qo‘rqinchli tomosha ko‘rsatishdi:

harbiycha kiyingan muxlislar «DFBga urush e’lon qilamiz!» yozuvlari tushirilgan bannerlar bilan qurollangan edilar. Yangi mavsumning startida esa birinchi va ikkinchi bundesliganing aksariyat jamoalari DFBga o‘z maqsadlarini bayon qilishdi:

«Ko‘hna qadriyatlarinimizni tiklaydigan vaqt keldi!» «Bavariya» va «Bayer» o‘rtasida kechgan bundesliganing ilk uchrashuvida «Tuyog‘ingni shiqillat, DFB!» shiori yaqqol ko‘zga tashlanib turdi

Grindel va uning nutqi

Mazkur bellashuvdan bir necha kun oldin FIning prezidenti Rayn­xard Grindel yuzaga kelgan muammoni hal qilish maqsadida nutq so‘zladi.

Soddaroq aytganda, rahbariyat muxlislarning xohish istaklaridan kelib chiqqan holda tegishli o‘zgarishlarni amalga oshirish yo‘lida ekanliklarini bildirmoqchi bo‘lgandi.

Biroq Grindelning nutqi ishtirokchilarda qarama-qarshi taassurot qoldirdi va ziddiyat yanada keskinlashdi. Oqibatda «Bavariya», «Gerta», «Groyter», «Kyoln», «Unterxaxing» kabi 20dan ortiq jamoalar «DFBga qarshi urush» harakatiga qo‘shilishdi.

Qimmatchilikka yo‘l qo‘ymaymiz!

«Bir chipta uchun 75 yevro? Biz Neymar emasmiz. Chiptalar bahosi insof darajasida bo‘lishi lozim» «PSJ»ga qarshi maydonga tushgan «Bavariya» muxlislari ana shunday shiorlar bilan qurollangan edilar.

Mablag‘ - daromadining kattagina qismini mamlakatdagi qochoqlarga sarflaydigan nemislar uchun og‘riqli mavzu. Chindan ham ular risoladagidek baholar evaziga stadionlarga kirishga haqlilar.

Noroziliklarning asosiy sabablaridan yana biri - rahbariyatning «50+1» qoidasini bekor qilishga urinayotganligi. Mazkur qoidaga ko‘ra har qanday sarmoyador klubning aksiyalar paketini to‘liq qo‘lga kiritolmaydi.

Jamoaga tegishli qarorlarni qibul qilish doimo muxlislar va klub rahbariyatining ixtiyorida bo‘ladi. Yevropa top-chempionatlari orasida Germaniya ana shu qoidani qattiq himoya qilishi bilan ajralib turadi.

Bir tomondan «Man. Siti» va «PSJ» MFPni surbetlarcha bir chetga surib istagan futbolchini xarid qilayotganda, nemislar «Xoffenxaym» va «RB Leypsig» ishlaridan norozilar.

To‘g‘ri, 100 yillik tarixga ega bo‘lgan «qishloqilar» va uning sohibi Ditmar Xopp jiddiy tazyiqlarga duch kelmadi. Lekin 1-2yil avval ko‘z ochgan «buqalar» surbetligi kuchli noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.

DFB esa ana shu keskinlikdan unumli foydalanmoqda. Masalan, «RB Leypsig»ga qarshi bahsda mahalliy muxlis mehmonlarni buqa kallasi bilan «siylagani» uchun Drezdenning «Dinamo»si ikki mavsumga diskvalifikasiya qilindi.

Darhaqiqat, katta mablag‘ evaziga bunyod etilgan «plastik» jamoalarning parvozi muxlislarga yoqmaydi. Ularning nazdida, agar «50+1» qoidasi bekor qilinsa, bundesligani arab shayxlari va Xitoy kompaniyalari bosib oladilar.

U holda nemis futboli o‘z qiyofasini butunlay yo‘qotib, navbatdagi daromad konveyriga aylanadi. Bu esa futboldagi narx-navolarning fantastik tarzda ko‘tarilib ketishiga olib keladi.

Siyosiy qurol

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:53, 01.11.2017.
O'qildi: 2319 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.