Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Atletlarimiz Osiyo kubogida zafarli yurishlarini davom ettirishmoqda

Atletlarimiz Osiyo kubogida zafarli yurishlarini davom ettirishmoqda

Baho:
+ | -

Janubiy Koreyaning Yanggu shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo Kubogi hamda klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Kecha xotin-qizlar o‘rtasida 63 hamda 69 kg. vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkazildi.

63 kg. vazn toifasida chiqish qilgan Kumushxon Fayzullayeva dast ko‘tarishda 87 kg, siltab ko‘tarishda 114 kg, umumiy 201 kg. natijasi bilan birinchi o‘rinni egalladi va terma jamoamiz hisobiga Osiyo kubogidagi uchinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

69 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Tursunoy Jabborova esa 91+108=199 kg. natijasi bilan kumush medalini qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, kecha oltin va kumush medallariga ega chiqqan har ikkala qizimiz ham 2002 yilda tavallud topishgan, ya’ni kelasi yili Argentinada bo‘lib o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyatiga egalar.

Koreyadagi musobaqada ular kattalar orasida sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lib, shohsupaga ko‘tarilishdi. Demak, o‘z o‘zidan ko‘rinib turibdiki 2018 yilda Buenos-Ayresda ham yurtimiz sport muxlislari ulardan medallar kutishga xaqlilar.

Kecha shuningdek, erkaklar o‘rtasida 85 kg. vazn toifasida bellashuvlar tashkil etildi. Ushbu vazn toifasida terma jamoamizning ikki nafar a’zosi g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Sunnatilla O‘sarov dast ko‘tarishda 158 kg, siltab ko‘tarishda 186 kg, summada 344 kg. natija bilan musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi. E’tiborlisi, Sunnatilla oltin medalni qo‘lga kiritgan eronlik Ali Makvandiga bor yo‘g‘i 1 kilogrammga imkoniyatni boy berdi. Zero eronlik sportchi umumiy 345 kg. natijasi bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu vazn toifasida bronza medali ham o‘zbekistonlik atletga nasib etdi. Fayzullo Nabiyev 148+189=337 kg. natijasi bilan uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Ana shu tariqa musobaqada terma jamoamiz a’zolari xozircha 3 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega bo‘lishdi.

Muattar Nabiyeva     - oltin

Sarvar Toshtemirov - oltin

Kumushxon Fayzullayeva      - oltin

Muhammadali Qaxramonov - kumush

Tursunoy Jabborova           - kumush

Sunnatilla O‘sarov - kumush

Fayzullo Nabiyev     - bronza

Maxliyo Tog‘oyeva - bronza

Musobaqa bugun, 2 noyabr kuni yakuniga yetadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:09, 01.11.2017.
O'qildi: 2442 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.