Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblariga bir umr oylik to‘lanadi

Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblariga bir umr oylik to‘lanadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 oktyabrdagi “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilari va ularning murabbiylarini yanada qullab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 878-sonli qarori qabul qilindi.

Qaror ilovasi bo‘lmish Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga umrbod oylik to‘lovlar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, umrbod to‘lovlarni olish uchun har yili 1 dekabrga qadar Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasiga ariza va pasport nusxasini taqdim etadi.

Qo‘mita tomonidan sportchi quyidagi miqdorda umrbod oylik to‘lov to‘lanishi belgilandi.

Oltin medal uchun — eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdorida;

Kumush medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida;

Bronza medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida.

Sportchi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsa yoki musobaqada boshqa davlat nomidan ishtirok etsa, butunjahon antidoping tashkiloti (WADA) tomonidan taqiqlangan dori vositalari qo‘llagani aniqlanib, Olimpiada va Paralimpiya g‘olib va sovrindorligidan mahrum etilsa, sud qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etilsa yoki vafot etsa — umrbod oylik to‘lovi to‘xtatiladi.

Sportchi kelgusi Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarida yana g‘olib va sovrindor bo‘lsa, unga umrbod oylik to‘lovlar oshirilgan miqdorda to‘lab beriladi.

Qaror ilovasi — Yuqori malakali sportchilarni tayyorlagan murabbiylarga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan murabbiylar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Oltin medal — 20 000 AQSH dollari;

Kumush medal — 15 000 AQSH dollari;

Bronza medal uchun — 10 000 AQSH dollari.

Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiruvchi sport turlari bo‘yicha Jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan murabbiylar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Oltin medal — 6 000 AQSH dollari;

Kumush medal — 3 000 AQSH dollari;

Bronza medal uchun — 1 500 AQSH dollari.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan murabbiylar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Oltin medal — 2 500 AQSH dollari;

Kumush medal — 1 500 AQSH dollari;

Bronza medal uchun — 1 000 AQSH dollari.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 12:40, 01.11.2017.
O'qildi: 6022 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик