Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Jahon futboli afsonasi Karles Puyol O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Jahon futboli afsonasi Karles Puyol O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Baho:
+1 | -

Jahon futboli afsonasi, “Barselona” klubining sobiq himoyachisi, Ispaniya terma jamoasi tarkibida Yevropa va Jahon chempioni degan yuksak nomlarga sazovor bo‘lgan Karles Puyol joriy yilning 9 noyabr kuni Toshkentga tashrif buyuradi.

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov shu yilning sentyabr oyida Shveysariyaning Syurix shahrida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashgandi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston delegasiyasi futbol targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida FIFAdan dunyo futbolining yorqin afsonalari va buguni kun yulduzlarini O‘zbekistondagi yosh futbolchilarga master-klass o‘tab berishi uchun taklif qilishda FIFAning amaliy yordam berishini so‘ragandi.

FIFA prezidenti Janni Infantino o‘sha uchrashuv davomida O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan mamlakatda futbol rivojini yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, Jahon futboli yulduzlarini O‘zbekistonga yuborishda amaliy yordam berishni va’da qilgandi.

Puyolning mamlakatimizga tashrifi shaxsan FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan uyushtirilayotgan bo‘lib, bu orqali FIFA prezidenti yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish maqsadida federasiya tomonidan amalga oshirilayotgan katta hajmdagi chora-tadbirlarni qo‘llab -quvvatlash va  futbolning ommaviyligini oshirishga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.

Karles Puyol tashrifi davomida yurtimizdagi futbol akademiyalari va bolalar futbol maktablari bilan yaqindan tanishadi hamda u yerda futbol sir-asrorlarini o‘rganayotgan yosh futbolchilar uchun master-klasslar o‘tkazib beradi.

Shuningdek, Jahon futboli afsonasi o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishish maqsadida Oliy liga 28-tur doirasida bo‘lib o‘tadigan “Paxtakor” va “Olmaliq” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni ham bevosita “Paxtakor” stadionidan turib tomosha qilib borishi rejalashtirilgan.

Karles Puyol kabi Jahon darajasidagi futbol yulduzlarining yurtimizga tashrifi O‘zbekistonda futbolni ommaviylashtirish va targ‘ib qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida futbolga bo‘lgan qiziqishni yanada oshishiga xizmat qilishi aniq.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:58, 01.11.2017.
O'qildi: 11641 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик