Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese 1-2 Bolonya
05/04 19:15 Valensiya 2-3 Selta
05/04 21:00 Piza 0-1 Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo 1-0 Sevilya
05/04 23:45 Inter 5-2 Roma
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

YECHL. «H» guruhi. «Real»da inqiroz boshlandimi?

YECHL. «H» guruhi. «Real»da inqiroz boshlandimi?

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasida 4-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi.

Zidan boshchiligidagi "Real" ketma-ket ikkinchi rasmiy o‘yinda mag‘lubiyat alamini tortmoqda. Madridliklar bu safar "Uembli"da "Tottenxem"ga qarshilik ko‘rsata olishmadi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Dele Alli hisobni ochgan bo‘lsa, 56-daqiqada ushbu yarim himoyachining o‘zi hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Eriksen londonliklarning uchinchi golini "Madrid" darvozasiga joyladi. Faqatgina o‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Ronaldu "Real" yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi xolos.

"Real"ning baxtiga Kiprning APOEL klubi ikkinchi o‘yinda ham "Dortmund"dan ochko tortib olmoqda. Birinchi bo‘limda Gerreyru dortmundliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Pote muvozanatni tikladi. Germaniyaliklar bu bahsda durang bilan kifoyalanishdi.

Natijada "Tottenxem" 10 ochko bilan peshqadamga aylangan bo‘lsa, "Real" hisobida 7 ochko mavjud. "Borussiya" va APOEL klublari 2 ochko bilan quyi pog‘onalarni band etishgan.

YECHL, 4-TUR
"H" GURUHI
Tottenxem Angliya – Real Madrid Ispaniya 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 27 Alli, 2:0 – 56 Alli, 3:0 – 65 Eriksen, 3:1 – 80 Ronaldu.
Tottenxem – Lyoris, Sanches, Vertongen, Devis, Alderveyreld (Sissoko, 24), Alli, Eriksen, Uinks (Dembele, 66), Dayer, Trippyer, Keyn (Lyorente, 79).
Real Madrid – Kasilya, Nacho, Marselo, Xakimi, Ramos, Modrich (Teo, 81), Kazemiro, Isko (Asensio, 74), Kroos, Benzema, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Dembele (89), Ramos (90).

Borussiya D Germaniya – APOEL Kipr 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 29 Gerreyru, 1:1 – 51 Pote.
Borussiya D – Byurki, Papastatopulos, Gerreyru (SHmelser, 72), Bartra, Toprak (SHyurrle, 86), Getse, Vaygl, Pulishich, Kagava, Filipp (YArmolenko, 65), Obameyang.
APOEL – Peres, Rueda, Merkis, Karlao, Aleksandru (SHallai, 46), Aloneftis (Farias, 82), Nunu Moraish, Vinisius, Zaxid, Vuros, Pote (de Kamargo, 74).
Ogohlantirishlar: Karlao (72), Vuros (90), Peres (90).

JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘lubiyatT-NOchko
1 Tottenhem 4 3 1 0 10-3 10
2 Real Madrid 4 2 1 1 8-5 7
3 Borussiya D 4 0 2 2 4-8 2
4 APOEL 4 0 2 2 2-8 2

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:29, 02.11.2017.
O'qildi: 17266 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик