Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Ilhom Sharipov: «Imkoniyat bor ekan, oxirigacha kurashamiz»

Ilhom Sharipov: «Imkoniyat bor ekan, oxirigacha kurashamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasining dushanba kuni e’lon qilgan qarori ayniqsa, ligada qolish uchun kurash olib borayotgan Oliy Liga klublari murabbiylarining ham hayratiga sabab bo‘ldi. Bu borada «Dinamo» klubi bosh menejeri Ilhom Sharipovning ham fikrini bilishga qiziqdik.

«2018 yilda Oliy Ligada 12 jamoa qoldirilishi borasidagi qaror biz uchun ham kutilmagan qaror bo‘ldi. Bunga qarshi emasmiz, ammo qaror 2018 yilgi mavsumdan kuchga kirsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Oliy Liga yakunlanishiga to‘rt tur qolganida e’lon qilingani bir qator klublar singari bizlarni ham qiyin vaziyatga tushirdi. Sababi biz O‘FF Reglamenti asosida ish yuritayotgandik. Qolaversa, birdaniga to‘rt jamoaning ligadan olib tashlanishi o‘sha viloyat, shaharlar sharafini himoya qilayotgan hududni katta futbolsiz qoldirishi mumkin.

Shunga qaramay, hozirda ham ligada qolish uchun imkoniyatimiz bor ekan, oxirigacha kurash olib boramiz. Ko‘rib turibsiz, futbolchilarimiz ham vaziyatni tushungan holda katta ishtiyoq bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda. Klub taqdiriga befarq bo‘lmagan muxlislar hattoki mashg‘ulotlarimizni ham kuzatishga kelishadi. Samarqandlik minglab muxlislar uchun ham «Dinamo»ni Oliy Ligada olib qolish uchun bor kuch va g‘ayratimizni ishga solamiz» - deydi Ilhom Sharipov.

Ma’lumot uchun, ayni damda «Dinamo» 29 ochko bilan Oliy Ligada 12-o‘rinda bormoqda. Ligada qolish imkoniyatini beruvchi 11-o‘rinda esa 30 ochko bilan «Qizilqum» joy olgan.

«Dinamo»ning qolgan turlardagi o‘yinlari:

Oliy Liga. 27-tur

4 noyabr (shanba). Navoiy.

«QIZILQUM» - «DINAMO»

Oliy Liga. 28-tur

8 noyabr (chorshanba). Samarqand

«DINAMO» - «NEFTCHI»

Oliy Liga. 29-tur.

19 noyabr (yakshanba). Samarqand

«DINAMO» - «LOKOMOTIV»

Oliy Liga. 30-tur.

25 noyabr (shanba). Muborak.

«MASH’AL» - «DINAMO».

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:29, 02.11.2017.
O'qildi: 2555 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик