Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Ranyerining «Nant» bilan yaratayotgan yangi ertagi muqaddimasi

Ranyerining «Nant» bilan yaratayotgan yangi ertagi muqaddimasi

Baho:
+ | -

Janob Klaudio «Lester»ni Ang­liyada chempionlik shohsupasiga olib chiqib, imkoni yo‘qdek tuyulgan ishni bajargandi.

Italiyalik mutaxassisning sehrgarlarga aloqadorligiga yana kimdir shubha qiladimi?

Mana shunaqa, hamma Kavani va Neymarning to‘p talashishlarini muhokama qilayotgan bir pallada Ranyeri navbatdagi o‘rtamiyonadan yetakchilarga raqobat tug‘diradigan ajoyib jamoa tayyorlamoqda.

Aftidan, bu mutaxassis autsayderlarni yorqin o‘yin ko‘rsatadigan klubga aylantirish formulasini topgandek. Mana, u yana ish bermoqda.

O‘tgan mavsum «Nant» Liga 1ni yettinchi o‘rinda yakunlab, yuqori o‘nlikdagi jamoalar orasida eng ko‘p to‘p o‘tkazib yubordi.

Qisqasi, alohida ijobiy jihatlarini ajratib ko‘rsatish qiyin edi. Hozirda «kanareykalar» 20 ochko to‘plagan holda «PSJ» va «Monako»dan so‘ng uchinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Ranyeri avgust oyida «Nant» bosh murabbiyligiga tayinlanarkan, Fransiyaga qaytishi borasidagi savolga o‘zi ham javob topolmayotganini ta’kidladi.

«Bu qaror to‘g‘rimi yoki yo‘q, bilmayman, ammo intriga borligi aniq edi. «Lester»dagi holat qaytarilishi dargumon, bunaqasi har doim ham kuzatilavermaydi. «Nant» prezidenti Valdemar Kitadagi ishtiyoq menga kuch bag‘ishladi.

U hech kimga ishonmaydi, klubni o‘z farzandidek ardoqlaydi, uni to‘g‘ri parvarishlashni istaydi. «Shishirilgan» narxlari bor bozorda katta pul sarflashni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Uni juda yaxshi tushunaman», - deydi Ranyeri.

«Inter» safida Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan Rene Krxinni hisobga olmasa, «Nant»­da taniqli futbolchilarni uchratmaysiz. Italiyadan «Fiorentina»ning ruminiyalik darvozaboni Chiprian Teterushanu, Portugaliyadan - yosh himoyachi Chivodi Avazyem keldi.

Shuningdek, mahoratli forvard Emiliano Salani ham ko‘rsatib o‘tish darkor. O‘tgan yozda uning uchun Moskvaning «Lokomotiv» klubi 7 mln. yevro taklif qilgandi. Tarkibning qolgan qismi o‘rtamiyona, ammo mehnatkash o‘yinchilardan tuzilgan.

Mabodo Ranyeri jiddiy kuchayishga umid bog‘lasa, adashadi. O‘tgan mavsumdagi yetakchi Amin Aritni «Shalke»ga 8 mln. yevroga sotgan «Nant» boshqa transferlarga 11 mln. sarfladi.

Ammo Klaudio ixtiyoridagi jamoani yaxlit oilaga aylantirdi. Ki­yinish xonasi esa futbolchilar uchun qadrdon uydek bo‘lib qoldi.

Bir qarashda, maydonda go‘yoki, «Les­ter»ning yashil-sariq libosdagi o‘yinchilari to‘p surayotgandek tasavvur uy­g‘onadi. Klassik 4-4-2 sxemasi, oldinda ikki forvard, faol qanot yarim himoyachilari hamda markazda tayanch futbolchilari.

Hozirgi «Nant» shiddatkor va qiziqarli futbol ko‘rsatmayapti - g‘alabalarning hammasi kichik hisobda qo‘lga kiritilmoqda (4tasida 1:0 ko‘rinishida).

Dastlabki ikki turda mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, bu klub DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:01, 02.11.2017.
O'qildi: 5391 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик