Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 0-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

«Eng dahshatli xotira - bu otam boshiga uzilgan o‘q» yoxud Adriano oshkora gapirganda…

«Eng dahshatli xotira - bu otam boshiga uzilgan o‘q» yoxud Adriano oshkora gapirganda…

Baho:
+ | -

«Inter» klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Adriano tez orada to‘xtab qolgan faoliyatini qayta tiklamoqchi.

Vaqtida ortiqcha vazn orttirgani natijasida sport formasini yo‘qotib, katta muammolarga yo‘liqqan futbolchi yaqinda Conversa com Bial ko‘rsatuvida ishtirok etib, shaxsiy hayoti va faoliyati xususida ancha oshkora gapirib berdi.

Otasining o‘limi va «Inter»dan ketishi...

- Otam vafot etganidan so‘ng menda katta muammolar boshlandi. Ayniqsa, dastlabki 3-4 oy juda dahshatli o‘tdi, ruhiy tanglik holatiga tushib qoldim.

Natijada maxsus ruhshunos bilan ishladim, turli tabletkalarni qabul qildim, ammo hech biri foyda bermadi. Xullas, ijobiy o‘zgarish sezilmagach, 2006 yili Braziliyaga qaytishni lozim topdim.

Ammo Joze Mourinyo meni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlayotganini bildirgach, yana Italiyaga yo‘l olib, «Inter»da o‘zimni qayta ko‘rsatish haqida o‘yladim. Ammo xorijda talab darajasida o‘ynash uchun kuch topolmadim.

Ya’ni oilamga yaqinroq bo‘lish istagi ustunlik qildi, Braziliyani qo‘msay boshlagandim. Qiyin davrda yolg‘iz qolsang, eng yoqimsiz xotiralar iskanjasidan qutulish qiyin bo‘lar ekan. Xullas, barchasini yengib o‘tishga ko‘zim yetmadi va «Inter»dan ketdim.

O‘sha vaqt milliy jamoadan chaqiruv oldim, bu yana Italiyaga qaytishimni taqozo etardi, ammo bunday qilmadim.

Aksincha, shunchaki, bir haftacha «yo‘qoldim» - do‘stlarim davrasida maroqli hordiq chiqardim, sevimli taomlarni tayyorladim, o‘zimni erkin tutishga urindim. Natijada o‘zligimga qaytayotganimni his qila boshladim.

Uyga qaytganim zahoti «Inter» vakili qo‘ng‘iroq qilib, nima bo‘lganini so‘radi. Shunda qaytishni istamasligimni ro‘y-rost aytdim. U esa klub obdon o‘ylab ko‘rishim uchun vaqt berishga tayyorligini bildirdi, biroq...

Futbolchilik faoliyatim endi boshlangan vaqt butun oilamiz birga edi. Yaqinlarning doimo yonma-yon turib, bir-birlarini qo‘llab yashashlaridan yaxshisi bormi?

Agar oilamizda birdamlik bo‘lmaganida, ehtimol, egri yo‘ldan ketarmidim...? Eng dahshatli xotira - bu otamning boshiga qaratib o‘q uzishgani. O‘shanda atigi 10 yoshli bolakay edim. Yaratganga shukr, otam omon qoldi.

Aks holda, oilamiz qanday ahvolga tushardi, ochig‘i, buni o‘ylashga ham qo‘rqaman. Ammo bunday noxushlik bola ruhiyatiga ta’sir etadi, baribir.

Darvoqe, otam keyinchalik butun hayoti davomida boshidagi o‘q qoldig‘i bilan yashadi, xayriyatki, bu hech qanday muaamo tug‘dirgani yo‘q.

Giyohvandlik balosi

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:36, 02.11.2017.
O'qildi: 3827 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик