Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Oliy ligada intizom masalasi qanday?

Oliy ligada intizom masalasi qanday?

Baho:
+ | -

OLIY LIGA-2017 2-DAVRA (25-TURDAN SO‘NG) CHETLATISHLAR BO‘YICHA MULOHAZALAR

21 oktyabr sanasida Qo‘qondagi stadionda 7 mingdan ortiq muxlis tomosha qilgan «Qo‘qon-1912» - «Navbahor» bahsining 39-daqiqasi o‘tib borayotgan bir pallada professional futbolchilarga yarashmaydigan voqea ro‘y berdi.

Namangan klubi yetakchilaridan biri Oybek Qilichev avvaliga raqib futbolchisini tirsagi bilan urdi. Natijada uchrashuv bosh hakami Hasan Ro‘ziyev aybdorga darhol qizil kartochka ko‘rsatdi.

Ammo Qilichev maydonni tark etishidan oldin yerda yotgan futbolchini tepishga harakat qildi. Bu vaziyatda uni aynan nima muvozanatdan chiqarganini anglash mushkul.

Aytish mumkinki, bu Qilichevning ushbu mavsumdagi birinchi «qizili» emas. U 4-tur doirasida 31 martda «Dinamo» - «Navbahor» (0:1) uchrashuvida ham hakam tomonidan chetlatilgandi. O‘sha vaziyat sodir bo‘lmasidan oldin jizzaxlik yarim himoyachi gol urgandi.

Keyinchalik 11-turda Oybek Qilichev yana maydonni sheriklaridan oldinroq tark etdi. U Buxoroda kechgan «Buxoro» - «Navbahor» (3:3) uchrashuvida ham «qizil»ga loyiq ko‘rilgandi.

Umumiy vaziyat. Chempionatning 25ta turi davomida jami 31ta qizil kartochka ko‘rsatildi. Bu - har bir o‘yinga 0,15ta chetlatish degani. Ularning 15tasi ikkinchi «sariq» tufayli yuz berdi. 2, 6, 8, 10, 12, 13, 18, 20, 22-turlar doirasidagi bahslarda hakamlar birorta ham «qizil»ga murojaat etmadilar.

Chempionat davomida maydondan eng erta chetlatilgan futbolchi - bu Islomjon Qobilov. U qizil kartochka olgan paytda birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning 3-daqiqasi («Qo‘qon-1912» - «Metallurg» (3:0), 21 aprel) o‘tib borayotgan edi.

Jami chetlatishlarning 3tasi dastlabki 45 daqiqalikka to‘g‘ri kelsa, qolgan 28tasi ikkinchi bo‘limda kuzatilgan. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda chetlatish esa 8 marta uchradi.

11-turdan o‘rin olgan «Buxoro» - «Navbahor» bahsida (3:3) har ikki jamoa bosh murabbiylari va 2 futbolchi maydondan chetlatildi, 3ta penalti belgilandi.

Uchrashuv hakami Temur To‘xtasinov qat’iy ravishda qaror qabul qilishga majbur bo‘ldi. Birinchi bo‘lim tugagach, DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:17, 03.11.2017.
O'qildi: 2724 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик