Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Voqealar rivojidan o‘zib yoxud «Loko» chempionmi?

Voqealar rivojidan o‘zib yoxud «Loko» chempionmi?

Baho:
+ | -

Yana uch haftadan keyin Oliy Liga-2017 bahslari yakuniga yetib, g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. O‘tkazilgan 26-tur uchrashuvlaridan keyin chempionlik uchun asosiy da’vorgar Toshkentning «Lokomotiv» klubi bo‘lib turgan bo‘lsa, Qarshining «Nasaf» va poytaxtning yana bir klubi «Paxtakor» ham matematik jihatdan bosh sovrin uchun imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. Voqealar rivojidan o‘zgan «Erudit Sport» jamoalarning chempionlik va sovrindorlar safidan o‘rin olish imkoniyatlarini chamaladi.

«LOKOMOTIV» — 60 ochko

Qolgan o‘yinlari:

27-tur: «Neftchi» — «Lokomotiv»

28-tur: «Lokomotiv» — «Buxoro»

29-tur: «Dinamo» — «Lokomotiv»

30-tur: «Lokomotiv» — «Bunyodkor»

Mavsum yakunlanishiga 4 tur qolganda amaldagi chempion «Lokomotiv» 60 ochko bilan eng yaqin ta’qibchisi «Nasaf»dan 7 ochkoga ortda bormoqda. Oldindagi to‘rt uchrashuvda «Temiryo‘lchilar»ni jiddiy to‘qnashuvlar kutib turibdiki, bu bahslarda ularning ochko yo‘qotishi mumkinligini inkor etib bo‘lmaydi. 27-tur doirasida 3 noyabr kuni «Loko» Farg‘onada Vadim Abramov qo‘l ostidagi ligada qolish umidi hali so‘nmagan «Neftchi»ga qarshi saf tortadi. O‘tgan turda «Qizilqum»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan vodiyliklarni g‘alabadan boshqa natija uzil-kesil taqdirlarini hal etadi. Shu bois, «Loko»ni Farg‘onada oson o‘yin kutayotgani yo‘q.

Qolaversa, amaldagi chempionning «Buxoro» bilan, Samarqandda esa yana bir ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Dinamo» bilan, so‘nggi 30-turda esa «Bunyodkor» jamoasiga qarshi o‘yinlari borki, «Temiryo‘lchilar»ni oltin medalllar bilan muddatdan oldin tabriklab qo‘yishga to‘sqinlik qilishi mumkin.

 

«NASAF» — 53 ochko

Qolgan o‘yinlari:

27-tur: «Nasaf» — «Metallurg»

28-tur: «Sho‘rtan» — «Nasaf»

29-tur: «Nasaf» — «Paxtakor»

30-tur: «Navbahor» — «Nasaf»

Oliy Liganing ketma-ket sakkizinchi uchrashuvida ham g‘alabali seriyasini davom ettirgan «Nasaf» jamoasining ham oldinda qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Qarshiliklar 27-turda o‘zlari uchun noqulay raqib sanaladigan «Metallurg»ga qarshi saf tortishsa, 28-turda G‘uzordagi «Voha derbisi»da «Sho‘rtan»ga qarshi maydonga tushishadi. So‘nggi ikki o‘yin esa ancha og‘ir kechishi aniq: «Nasaf» 29-turda «Paxtakor»ga qarshi juda muhim o‘yinda maydonga tushsa, so‘nggi turda Namanganga safar uyushtiradi. «Navbahor»ning o‘z maydonida mag‘lubiyat nimaligini bilmayotganligini inobatga olsak, «Nasaf» jiddiy qarshilikka uchrashini taxmin qilish mumkin.

 

«PAXTAKOR» — 50 ochko

Qolgan o‘yinlari:

27-tur: «So‘g‘diyona» — «Paxtakor»

28-tur: «Paxtakor» — «Olmaliq»

29-tur: «Nasaf» — «Paxtakor»

30-tur: «Paxtakor» — «Obod»

Afsuski, «Paxtakor» jamoasi ishtirokidagi o‘yinlar mojarolarga sabab bo‘layotgani achinarli hol. «Paxtakor»ning «Buxoro» va «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yinlaridan keyin «Paxtakor» — «Bunyodkor» bahsida ham hakamlarning qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yganligini barcha ko‘rdi. Poytaxt klubini keyingi to‘rt uchrashuvda ham kamida 9 ochko jamg‘arishini taxmin qilish mumkin. Zero, jamoani 27-turda «So‘g‘diyona» bilan bahs kutayotgan bo‘lsa, 28-turda «Olmalik»ni qabul qiladi. 29-turdagi Qarshidagi «Nasaf» bilan o‘yin «Paxtakor» uchun eng asosiysi bo‘ladi. Sababi, yakuniy tur bahsida «Obod» bilan uchrashuv o‘tkazilmaydi va texnik g‘alaba yoziladi. «Paxtakor» chempionlik uchun kurashdan amalda chiqqan bo‘lsada, sovrinli o‘rinlar uchun kurashish imkoniyati yaxshi.

 

«BUNYODKOR» — 45 ochko

Qolgan o‘yinlari:

27-tur: «Bunyodkor» — «Navbahor»

28-tur: «Qo‘qon-1912» — «Bunyodkor»

29-tur: «Bunyodkor» — «Buxoro»

30-tur: «Lokomotiv» — «Bunyodkor»

«Paxtakor»ga qarshi hakamlarning xatosi tufayli alamli tarzda mag‘lub bo‘lgan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi «Bunyodkor» klubining medallar uchun kurashishga matematik jihatdan imkoniyati bo‘lsada, bunga ishonish juda qiyin. Zero, «Qaldirg‘ochlar»ni keyingi to‘rt o‘yini ancha og‘ir o‘tadi. Qosimov shogirdlari 27-turda «Navbahor»ni qabul qilishsa, keyin Qo‘qonga safar qilishadi. So‘nggi turlardagi «Buxoro» va «Lokomotiv»ga qarshi safar o‘yinida ochko olish ancha mushkul vazifa sanaladi. Shunday ekan, «Bunyodkor» bor e’tiborini O‘zbekiston Kubogi finalidagi «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinga qaratib, OCHL yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin. Sababi, finalgacha «Temiryo‘lchilar» amalda Oliy Liga chempionligi va OCHL yo‘llanmasini naqd qilib ulgurgan bo‘lishi ehtimoli katta.

Usmon IBODOV, «Erudit Sport» gazetasi.

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 09:37, 03.11.2017.
O'qildi: 3079 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.