“Liverpul” a’zosi Emre Jan klubni tekinga tark etmoqchi. Chunki u jamoasi bilan shartnomani uzaytirmadi, u klubdagi holatidan norozi.
Emre Janning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Keyingi mavsumda u boshqa jamoalarning taklifini ko‘rib chiqmoqchi. Ayni damda futbolchiga “Bavariya” va “Yuventus” qiziqmoqda.