Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Germaniyada shov-shuv ko‘targan yosh mutaxassis haqida

Germaniyada shov-shuv ko‘targan yosh mutaxassis haqida

Baho:
+ | -

Yosh bo‘lishiga qaramay, «Xoffenxaym» bosh murabbiyi sifatida maqtovga loyiq ko‘rsatkichlar qayd etayotgan Yulian Nagelsmann rossiyalik hamkasblarimiz e’tiborini o‘ziga qaratdi.

Ushbu mutaxassisni kuzatish uchun 5 sabab topgan sports.ru sayti uning tez orada Pep Gvardioladan ham o‘zib ketishini taxmin qilishdi.

1. Noyob shaxs

Nagelsmann og‘ir jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini 20 yoshida yakunlashga majbur bo‘lgan. Ammo bunga qadar uning murabbiylik salohiyatini Tomas Tuxel payqashga ulgurgandi.

Aynan shu mutaxassis Yulianga «Augsburg»da ustozlik qilgandi. Tuxel uni skautlikka yolladi va hammasi shundan so‘ng boshlandi.

- Tomas meni qutqardi. Futboldan voz kecholmasdim. Maydonda to‘p surish uchun borimni qurbon qildim, ammo hammasi jarohat sabab barbod bo‘ldi. Natijada millionlar o‘yiniga taalluqli hech narsani ko‘rgim kelmay qolgandi.

Biroq Tuxel raqiblar haqida ma’lumot to‘plashimni so‘radi. Bu hamma uchun samarali edi. Hamon «Augsburg» bilan shartnomam bo‘lgani bois, ushbu klubga foyda keltirib, futbolda qoldim, - deydi Nagelsmann.

2. «Bir mavsum - bir mo‘’jiza» grafigi

Frankfurter Rundschau gazetasi Nagelsmanni murabbiylikka tayinlash g‘oyasi faqat mast kishidan chiqishi mumkinligini ta’kidladi. Rhein-Neckar-Zeitung mazkur holatdan piar izlashga tushdi - kamtarona klub yosh mutaxassisni olib kelish orqali OAVda shov-shuv ko‘tarmoqchidek.

Nagelsmann «Xoffenxaym»ni faraz qilinganidan murakkabroq holatda qabul qilib olgandi. Dastlab uni mavsum yakunida Xub Stevensning o‘rniga tayinlash rejalashtirilgandi.

Klub bu haqda bayonot berdi, ammo jamoaning ishlari ortga ketavergach, Stevensni lavozimidan bo‘shatishdi (rasmiy ma’lumotlarda uning sog‘lig‘i bilan muammosi borligi sabab sifatida ko‘rsatilgandi).

Yulian klub boshqaruvini qo‘lga olganda 28 yoshda edi, kerakli lisenziyaga ega emasdi, tarkibda yoshi undan katta bo‘lgan 5 futbolchi to‘p surardi, «Xoffenxaym» esa turnir jadvalining xavfli zonasiga joylashgandi - elitada «jon» saqlab qolish imkonini beradigan o‘rindan 7 ochko ortda qolayotgandi.

Biroq mo‘’jiza ro‘y berdi, klub Nagelsmann boshchiligida nafaqat oliy diviziondagi o‘rnini saqladi, balki YECHL yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.

Qizig‘i, bu natija Yulianni bosh murabbiylikka tayinlaganlarni zarracha hayratlantirmadi. Xususan, sport direktori Aleksandr Rozen navqiron mutaxassis mas’uliyatli lavozimga munosib ko‘rilganida shunday degandi:

«28 yosh. G‘alati eshitiladi, ammo piar uyushtirish niyatida emasmiz. Ushbu g‘oyaning samarali kechishiga 100 foiz ishonamiz. Nagelsmann chiniqqan murabbiy.

U deyarli 10 yildan buyon ushbu sohada ishlamoqda. Uning mashg‘ulot o‘tkazishi va o‘yinchilar bilan muloqotini ko‘rsangiz, sizdagi shubhalar ham o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Yosh bo‘lishiga qaramay, u obro‘ga ega, Yulianning o‘ziga xos ekanligini tezda tushunasiz».

3. Haqiqatparvar

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:42, 03.11.2017.
O'qildi: 3506 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.