Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalarda ishlaydi

O‘zbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalarda ishlaydi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, shu yilning 6-16 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Dubay shahrida Klublar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

FIFA tashkilotidan kelgan chaqiruv xatiga ko‘ra, ushbu musobaqada FIFA referisi Ravshan Ermatov  boshchiligida o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi ish olib boradi. Ermatovga musobaqa davomida qanot hakamlari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.

14 noyabr kuni Kambodjaning Pnompen shahrida Osiyo Kubogi-2019 saralashidan o‘rin olgan Kambodja va Iordaniya terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yinni FIFA referisi Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Andrey Sapenko yordam berishadi. To‘rtinchi hakam vazifasini Dmitriy Pislegin bajaradi.

Shuningdek, 4-8 noyabr kunlari Qatar davlatida bo‘lib o‘tadigan U-19 Osiyo chempionati saralashi “S” guruhidan o‘rin olgan  uchrashuvlarda yana bir FIFA referisi Aziz Asimov qanot hakami Husniddin Shodmonov bilan birgalikda ish olib boradi.

4-8 noyabr kunlari Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o‘tkaziladigan U-19 Osiyo chempionati saralashi “I” guruhidan o‘rin olgan  uchrashuvlarda esa FIFA referisi Sherzod Qosimov qanot hakami Timur Gaynullin bilan ishlaydi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:08, 03.11.2017.
O'qildi: 2486 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.