Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma
07/01 00:45 Sassuolo - Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem - Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona

12ta jamoa: yaxshimi yomon? Mutaxassis va futbolchilar qanday fikrda?

12ta jamoa: yaxshimi yomon? Mutaxassis va futbolchilar qanday fikrda?

Baho:
+ | -

Haftaning futbolga oid eng ko‘p muhokama qilingan va kutilmagan mavzusi shubhasiz, PFLning kelasi yili oliy ligada 12ta jamoa ishtirok etishi haqida chiqargan qarori bo‘ldi.

Bu voqea keng futbol jamoatchiligi tomonidan turlicha kutib olindi. Tabiiyki, mazkur qarorga nisbatan bildirilgan fikrlarning aksariyati tanqidiy mazmun kasb etdi.

Balki shunday to‘xtamga kelingani to‘g‘ridir, lekin chempionat yakunlanishiga to‘rt tur qolgan bir paytda e’lon qilingan yangilik haqli e’tirozlarni keltirib chiqardi.

To‘g‘rida, bunday o‘zgarishlar kamida bir yil oldin e’lon qilinib, klublar ogohlantirilishi lozim. To‘satdan «Bu yil oliy ligada 11ta jamoa qoladi, o‘n ikkinchi klub ham birinchi ligaga ravona bo‘ladi», degan xabarning tarqalishi ko‘pchilikni karaxt ahvolga solib qo‘ydi.

Bu xuddi YECHL yoki OCHL musobasi guruh bosqichining taxminan 4-turidan so‘ng «Har bir kvartetdan faqat bitta jamoa «pley-off»ga chiqadi», degandek gap bo‘ldi. Biz mavzu yuzasidan mutaxassislar, murabbiylar va futbolchilarning fikrlari bilan qiziqdik.

Mirjalol Qosimov («Bunyodkor» bosh murabbiyi): - Bu o‘zgarish men uchun ham kutilmagan holat bo‘ldi. Lekin ijobiy tomonini olsak, mazkur qaror chempionatimiz saviyasining oshishiga xizmat qiladi.

Bu bilan oliy ligada kurashlarga boy o‘yinlar soni ko‘payadi, keskinlik oshadi. O‘tkinchi o‘yinlarga barham beriladi. Ishonchim komilki, O‘FF va PFL rahbariyati mazkur qarorni obdon o‘ylagan. Aytmoqchimanki, ular bunday to‘xtamga shunchaki kelishmagan.

Yangilik shundaki, kelasi yildan jamoalar kamida 33tadan o‘yin o‘tkazishadi. Ayniqsa, yakuniy davra bahslari muxlislar diqqat markazida turadi.

Bu o‘zgarishlarning bari chempionatimiz saviyasini ko‘tarish va shu yo‘l bilan milliy jamoani kuchaytirishga xizmat qiladi. Oliy liga kuchaysa, bundan muxlislar va termamiz yutadi.

Kuchli o‘yinlarda toblanadigan futbolchilar bosh jamoa libosida ham munosib o‘yin namoyish etishadi. Faqat quyi pog‘onalarda borayotgan jamoalarga oson bo‘lmaydi.

So‘nggi to‘rtta turda 12-15-o‘rinni egallab turgan ishtirokchilar kuchlilar safidagi o‘rinlarini saqlab qolish uchun keskin kurashga kirishishadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, qolgan tur o‘yinlari 4-5ta klub uchun finalga monand tarzda o‘tadi.

To‘g‘ri, bu jamoalarni tushunib turibman. Bu ular uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Lekin yangilangan O‘FF barcha yo‘nalishlarda islohotlarni olib boryapti va bu qaror ham ana shu amalga oshirilgan yangiliklardan biriga aylandi.

Vadim Abramov («Neftchi» bosh murabbiyi): - Ochig‘i, ushbu xabarni eshitib, hayron qoldim. Sababi, bu haqda hech bir jamoa oldindan ogohlantirilmagandi.

2017 yilgi futbol mavsumi uchun chiqarilgan reglamentning o‘zgartirilishini xayolimizga ham keltirmagandik. Chunki qandaydir o‘zgarish bo‘lsa, u kamida bir yil oldin e’lon qilinishi kerak edi.

Shunday qilinsa, adolat mezonlariyu, sport prinsiplariga to‘g‘ri kelardi. Hozir turnir jadvalining quyi qismida borayotgan klublar, ularning futbolchilar va muxlislari shok holatiga tushib qolishgan. Ko‘pchilik oliy ligada 12ta jamoani qoldirish masalasi o‘zaro kelishuv asosida hal qilingan, deyapti.

Shaxsan mendan hech kim maslahat so‘ragani yo‘q. Endi qolgan o‘yinlarda qanday harakat qilamiz, tayyorgarlik nima bo‘ladi? Bu savollarning javobini bilmayman.

Mavsum tugashiga esa to‘rtta tur qoldi. FIFA, UYEFA va OFKda biror musobaqaga o‘zgartirish kiritilsa, bu haqda kamida ikki yil oldin ma’lum qilinadi. Jamoalar shunga qarab taraddud ko‘radi. Ochig‘i, men haliyam O‘FFning qarorini tushuna olmayapman.

Azamat Abduraimov (murabbiy): - DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:15, 04.11.2017.
O'qildi: 3398 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.