Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

«Qo‘qon-1912»: «G‘alabaga teng durang»

«Qo‘qon-1912»: «G‘alabaga teng durang»

Baho:
+ | -

So‘nggi turlarga kelib jamoa yo‘qotishlarga duch kelmoqda. Mazkur bahs oldidan yetakchi o‘yinchimiz Javohir Sidiqov jarohat olib safdan chiqdi va ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, Nosir Otaqo‘ziyev ham jarohat sabab Buxoroga bormadi.

Bugungi uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun maydonga tushgan futbolchilarimiz dastlabki daqiqalarlan hujumga zo‘r berishdi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Ergash Ismoilov uchrashuvdagi birinchi golga mualliflik qildi. Nagayev tepgan zarba darvozamiz ustuniga tegib qaytdi, qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib Ismoilov yetib keldi hamda boshi bilan darvozamizni ishg‘ol qildi.

24-daqiqada hisobni tenglashtirish uchun yaqin keldik. Xavfli hujumimiz samarasiz yakun topdi. Doniyor Hasanov o‘zi zarba yo‘llasa bo‘lardi ammo u to‘pni sherigiga oshirdi.

25-daqiqada vakillarimiz o‘z maqsadlariga erishishdi. Suhrob Berdiyev raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Qanotdan oshirilgan to‘pni Berdiyev boshi bilan darvozaga joyladi. Bu Suhrobning chempionatdagi 10-golidir. Bundan tashqari, Suhrob Berdiyev "Qo‘qon-1912"ning Oliy ligadagi 499-goliga mualliflik qildi. 

32-daqiqada burchak zarbasidan so‘ng hujumimiz xavfli chiqdi. Lekin mezbonlar ham qarshi hujumda barchani hayajonga solishdi.

Birinchi bo‘lim 1:1 hisobida yakuniga yetdi.

Ikkinchi bo‘limni mezbonlar qo‘pollik bilan boshlashdi. 51-daqiqada Javohir Qahramonovning zarbasi xavfli ko‘rinish oldi. Oradan ikki daqiqa o‘tib maydon egalari yana bitta imkoniyatga ega bo‘lishdi. Burchak zarbasidan keyin Ivan Nagayevni zarbasi biroz noaniq bo‘ldi. Ushbu vaziyatda Ashurov jamoamizni yaqqol goldan qutqarib qoldi. 63-daqiqada futbolchilarimiz raqib darvozasini ishg‘ol etishlari mumkin edi. Ammo mezbonlarni darvoza ustuni goldan saqlab qoldi.

65-daqiqada buxoroliklar ikkinchi to‘pni kiritishdi. Ivor Vayser jarima zarbasini qoiylmaqom tarzda ijro etdi.

86-daqiqa o‘tayotgan pallada raqiblar davrozasi tomon penalti belgilandi. Murod Xolmuhammedov penaltini aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi. Murod Xolmuhammedov jamoamizning Oliy ligadagi 500-goli muallifi bo‘ldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda 3-golni ham urgan edik. Afsus hakam qoida buzilganligini qayd etdi. Gol xisoblanmadi.

Shu tariqa, futbolchilarimiz “Buxoro”da  bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bir ochkoga ega bo‘ldik.

Oliy liga

27-tur

«Buxoro» - Qo‘qon-1912» - 2:2 (1:1)

Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), A. Sapenko (Toshkent vil.), R. Shoyaxmetov (Toshkent), I. Xudaydatov (Toshkent).

Nazoratchi: A. Hotamov (Toshkent).

O‘zPFL vakili: R. Chernikov.

Gollar: Ergash Ismoilov 9, Ivor Vayser – 65. -  Suhrob Berdiyev 25, Murod Xolmuhammedov – 86 (pen).

“Buxoro”: 12. Akmal Tursunboyev, 8. Ivor Vayser, 9. Nozim Umurov (87. Alisher Sanoyev-46), 11. San’at Shixov, 16. Artyom Filiposyan, 28. Ergash Ismoilov, 29. Vladimir Bayenko, 73. Tohir Shamsitdinov, 75. Salamat Qutiboyev (55. Azamat Allaniyozov-90+2), 77. Ivan Nagayev, 99. Javohir Qahramonov (10. Bahriddin Vahobov-90+3).

«Qo‘qon-1912»: 12. Aziz Ashurov, 4. Bahodir Akramov, 7. Jamshid Hasanov, 14. Doniyor Hasanovt (97. Oybek Rustamov – 90+3), 19. Suhrob Berdiyev (11. Andrey Sidorov-81), 23. Aleksandr Merzlyakov, 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 70. Quvondiq Ro‘ziyev (96. Muhammadanas Hasanov-81), 77. Murod Xolmuhammedov, 99.Filip Rayevas.

 “Qo‘qon-1912” matbuot xizmati

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 19:07, 04.11.2017.
O'qildi: 2962 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.