Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

«Oltin o‘rta»ni ushlash kerak...

«Oltin o‘rta»ni ushlash kerak...

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FFning yangi rahbariyati birdaniga katta islohotlarga qo‘l urib, barcha muxlislarda kelajakka ishonch hissini oshirdi. Ayniqsa, hakamlarga nisbatan qattiqqo‘llik qilinayotgani ko‘pchilikka yoqqani aniq.

Chunki hakamlarning xatolari yoki noxolis ishlaridan zada bo‘lib ketgandik. Ammo bu masalada, ya’ni ularni jazolashda me’yorni unutmaslik kerak. Xullas, hakamlik ishini tartibga solish uchun «oltin o‘rta»ni mahkam ushlash talab etiladi. Zero, futbolning eng nozik jihati ham aynan hakamlikka bog‘liq.

Chunki bu ishda inson faktori asosiy rolda. Referi o‘yinni qachon sifatli boshqaradi? Qachonki, mutlaqo erkinlikni his qilsa, bosimdan xoli bo‘lsa.

Demoqchimanki, hakamlarga nisbatan o‘ta qattiqqo‘l munosabatda bo‘lish ba’zilarga salbiy ta’sir qilishi hech gap emas.

Bunday holatda ayniqsa, yosh hakamlar qiynalib qolishadi. Oddiy aytganda, ular xato qilishdan cho‘chib, o‘yin tizginini qo‘ldan chiqarib yuborishlari mumkin. Ha, noxolis hakamlik ildiziga bolta urish uchun jazo choralarini keskinlashtirish muhim.

Ammo shuning barobarida tanganing ikkinchi tomonini ham o‘ylash talab etiladi. Aks holda, hakamlik tizimi izdan chiqib ketadi.

Ishonamanki, Hakamlar qo‘mitasi bu borada barchasini me’yorga solish uddasidan chiqadi. Buning uchun ishtiyoqli yoshlar xulosalari bilan birga ba’zi tajribali mutaxassislar maslahatlari inobatga olinsa, bas.

Komil DO‘STMURODOV, Namangan shahri.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:08, 07.11.2017.
O'qildi: 2294 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик