Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

PFL Oliy va Birinchi liga futbol klublariga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirdi

PFL Oliy va Birinchi liga futbol klublariga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi FIFA va Osiyo Futbol Konfederasiyasining direktiv hujjatlari, shuningdek boshqa normativ hujjatlar asosida OFK, O‘FF va PFL tashkil qiladigan musobaqalarida ishtirok etish uchun professional futbol klublariga qo‘yiladigan talab va tamoyillarni kuchaytirdi.

Lisenziyalash bo‘yicha reglamentga  Professional Futbol Ligasi tomonidan klublar va klublarga beriladigan huquq, vazifa va vakolatlar kiritilgan. Ushbu me’yoriy hujjatda, shuningdek, O‘zbekistondagi futbol klublarini lisenziyalash tartibi aniqlab olingan bo‘lib, sport, infratuzilmaviy, kadrlar, ma’muriy, huquqiy va moliyaviy mezonlar ham o‘rnatilgan.

Lisenziyalash bo‘yicha talablar futbol klublarida adekvat boshqaruv va tashkilotchilik tizimini yo‘lga qo‘yish, jamoalarga malakali va tajribali kadrlarning ishga qabul qilinishiga erishish, futbol klublarini zamonaviy talablarga mos sport inshootlari bilan ta’minlash, ishqibozlarga futbol tomosha qilish, jonli translyasiyalarni ko‘paytirish va ularga zarur shart-sharoit yaratib berish kabi dolzarb masalalarni o‘z ichiga olgan.

Bugungi kunda bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirishga investisiya kiritish va bu bilan yuqori malakaga ega bo‘lgan murabbiylarni tayyorlash, ularni jalb qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish kerakligini inobatga olgan holda Oliy liga klublariga aynan shu masalada ham yuqori talablar qo‘yildi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, O‘zbekistondagi futbol klublarini lisenziyalash tizimi futbol standartlarini doimiy ravishda mukammallashtirish va uni keyinchalik ham qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ijro muddati 2018 yilning 1 fevraligacha bo‘lgan ushbu standartlarning OFK lisenziyalash tizimiga mos kelishiga katta e’tibor berilgan.

15 sahifadan iborat hujjatda klublarga eng avvalo quyidagi talablar qo‘yilgan:

1. Oliy liga klublari o‘zlarining futbol maktablariga (akademiya) ega bo‘lishlari shart. 

2. Futbol maktablari (akademiya) o‘z sport inshootlari (futbol maydonlari, mashg‘ulot zallari, trenajer zallari, o‘quv xonalari, yotoqxona) va sport asbob anjomlarga (futbol to‘plari, sport formalari, turli trenajerlar, fishkalar, futbol maketlari) ega bo‘lishi zarur.

3. Futbol maktablari (akademiyalari) o‘zlarining ovqatlanish tizimiga ega bo‘lishi va sifatli ovqatlanishni tashkil etishi zarur.

4. Futbol maktablarida (akademiya) U-10, U-14, U-16, U-18 yosh toifalaridagi kamida 4 ta jamoa bo‘lishi shart.

5. U-16, U-18 yoshli o‘smirlar o‘rtasida  aylanma  (uy-mexmon) tizimda o‘tkaziladigan Respublika birinchiligi musobaqalarda o‘z jamoasini ishtirokini ta’minlash.

6. U-10, U-14 yoshli bolalar o‘rtasida regional va Respublika bosqichi tizimida o‘tkaziladigan musobaqalarda o‘z jamoasini ishtirokini ta’minlash.

7. Klublar o‘zining O‘zbekiston chempionatida (oliy yoki 1-ligada) ishtirok etuvchi ayollar jamoasiga ega bo‘lishi  va ularga zarur shart-sharoitlar yaratishi lozim.

8. Klublar o‘zining O‘zbekiston chempionatida (oliy yoki 1-ligada) ishtirok etuvchi mini-futbol (futzal) jamoasiga ega bo‘lishi  va ularga zarur shart-sharoitlar yaratishi lozim.

Shuningdek, kadrlar va ma’muriy masalalar bo‘yicha eng avvalo futbol klublarining muqim ofisi yoki binosi, o‘quv-mashg‘ulot ob’ektlari, shu jumladan, stadioni bo‘lishi majburiy qilib belgilanadi. Klub ofisi va mashg‘ulotlar bazasida xodimlar, futbolchi va murabbiylar uchun barcha shaoitlar ta’minlangan bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari hujjatda futbol o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionlarga qo‘yiladigan talablar haqida ham gap boradi. Eng avvalo stadionning sertifikati bo‘lishi talab qilinadi. Stadionlarga qo‘yilgan talablarda futbol maydonining ahvoli, ishtirokchilar, uchrashuv rasmiylari va muxlislari uchun mo‘ljallangan joylar, muxlislar va OAV uchun ajratilgan joylar bo‘yicha alohida mezonlar ishlab chiqilgan. Hujjatda stadionni yoritish tizimi, avtomobillar turargohlari kabi bir qarashda oddiy ko‘rinadigan masalalargacha alohida talablar qo‘yilgan. Jumladan, yoritish tizimi maydonning barcha qismida, burchaklari bilan birgalikda 1200 lyuksdan kam bo‘lmasligi lozimligi ko‘rsatilgan.

Futbol klublari tashkiliy-huquqiy tuzilishidan qat’iy nazar, yillik moliyaviy hisobot mustaqil auditorlar tomonidan tayyorlanishi va tekshirilishi kerak. Klub tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobot, OFKning klublarni lisenziyalar bo‘yicha talablar va prinsiplariga mos keluvchi buxgalterlik hisoboti talablariga javob berishi lozim. Futbol klublari, shuningdek, lisenziyalash tartibiga asosan, har yilning 31 dekabr sanasigacha futbolchilarning transferlari uchun muddati yakunlangan qarzlarga ega emasliklarini isbotlashi shart.

Oliy liga va Birinchi liga klublari oldiga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha O‘zbekiston Futbol Federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tar ekan, lisenziyalash jarayonida talablarni bajarmagan klublar quyi ligaga yo‘l olishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

“Oliy liganing aksariyat klublari lisenziyalash bo‘yicha talablarni bajarishda muddatlarni juda kechiktiradi. Ba’zi klublar esa talabga javob beradigan sharoitlarni haligacha tayyorlamagan. Lisenziyalash talabini bajarmagan klublar, musobaqa jadvalida qaysi pog‘onani egallab turganidan qat’iy nazar, kelasi mavsumda Oliy liga bahslarida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, yangi talablarga ko‘ra Oliy liga klublari tarkibida to‘p suradigan futbolchilarga yoshi bo‘yicha kvotalar kiritiladi. Bu orqali yosh futbolchilarga muntazam o‘yin amaliyoti taqdim etib borish yo‘lga qo‘yiladi”, - deydi O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov.

-  Birinchi liga klublari oldiga ham mana shunday qat’iy talablar qo‘yiladimi? 

- Ha, Birinchi Liga darajasini Oliy ligaga yaqinlashtirish maqsadida bir qancha o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Jumladan, kelasi mavsumdan boshlab har bir viloyatning bir jamoasi Birinchi Ligada ishtirok etadi. Bu yo‘l orqali yurtimizning barcha hududlarida futbol rivojlanishiga erishishni maqsad qilganmiz. Birinchi liga jamoalari tarkibida faqat 24 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar to‘p surishi belgilab qo‘yiladi. Bu orqali yosh futbolchilarning zaxira o‘rindig‘iga o‘tirib qolishini oldini olish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, yosh futbolchilarning muntazam ravishda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi terma jamoalarimizga nomzodlarning ko‘payishi va raqobat kuchayishini ta’minlaydi. Oldinda Olimpiada, Osiyo Kubogi va Jahon chempionati kabi katta futbol musobaqalari turibdi. Maqsadimiz, ana shu musobaqalarda terma jamoalarimiz uchun kuchli futbolchilar yetishib chiqishiga erishish.

Milliy terma jamoamiz kuchayishini barchamiz istaymiz. Bu haqida juda ko‘p gapiriladi. Ammo milliy chempionatimiz saviyasini ko‘tarmay turib, milliy terma jamoamizni kuchaytira olmaymiz. Oliy va Birinchi liga jamoalari oldiga qo‘yilayotgan yuqoridagi talablarning barchasi futbolimizni kuchaytirish, milliy terma jamoamizning yuqori darajalarga chiqishini ta’minlashga qaratilgan”, - deydi Umid Ahmadjonov O‘FF matbuot xizmatiga. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 20:45, 08.11.2017.
O'qildi: 5602 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.