Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio - Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano - Selta
11/01 18:00 Alaves - Jirona
11/01 19:00 Empoli - Lechche
11/01 19:00 Udineze - Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid - Betis
11/01 22:00 Torino - Yuventus
11/01 22:30 Espanyol - Leganes

Yangi manzil yoxud Omon G‘ofurov PFLni qay darajada o‘zgartira olishi mumkin?

Yangi manzil yoxud Omon G‘ofurov PFLni qay darajada o‘zgartira olishi mumkin?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G‘ofurov bilan nihoyat televizor orqali bo‘lsada tanishib oldik.

Futbol olamiga ancha notanish bo‘lgan bu inson o‘tgan hafta «Uzreport TV»ga intervyu berdi. Omon aka nima uchun oliy liga o‘yinlarini yoritib boradigan «Sport» TV qolib, «Uzreport»da chiqish qilgani biz uchun qay darajada qorong‘u bo‘lsa, uning intervyusidan so‘ng vaziyat ham oydinlashmay qolib ketdi.

Ammo bir jihatdan Omon G‘ofurov PFLning sobiq direktori Farhod Magometovdan boshqacha ekani baribir, sezildi - Farhod aka bu qadar silliq gapira olmagan bo‘lardi.

Oliy ligada 12ta jamoa qolishi haqida ancha-muncha gaplar aytib ulgurildi. Yana takrorlashga hojat bo‘lmasa kerak. G‘ofurovning aytishicha, mavsum yakunlanishiga 4 tur qolganda oliy ligadan 4ta jamoa quyi ligaga tushib ketishi e’lon qilinishi raqobat oshishiga olib kelar ekan.

Bizningcha, mutasaddining bu gapidan mantiq izlashga hojat bo‘lmasa kerak. Unutmaylik, Omon aka PFL direktori sifatida birinchi marta intervyu bermoqda.

Ilgari Farhod Magometovning kam sonli suhbatlarida ham bunga o‘xshash holat uchrab turar edi. Omon G‘ofurov ham bir marta takrorlasa, zarar qilmasa kerak.

Muhimi, shunga odatlanib qolmasa bo‘lgani. Zero, uning intervyusida bizga yoqqan jihatlar ham bo‘ldi.

Masalan, kelasi mavsumda hamma o‘yinlar soat 18:00dan 20:00ga qadar o‘tkazish klublardan talab qilinar ekan. Ishdan qolib, stadionga tusha olmayotgan muxlislar anchadan buyon buni kutayotgan edi.

Ammo Omon G‘ofurovdan hamma savollarga javob olindimi? Afsuski, bu savolga ijobiy javob berish ancha qiyin. Bizga qolsa, «Uzreport TV» tomonidan tashkil etilgan suhbatda hakamlar masalasi ham ko‘tarilishini istagan bo‘lardik.

Nima uchun «Navbahor» - «Paxtakor» o‘yinini boshqargan hakam jazolangani holda, «Paxtakor» - «Bunyodkor» bahsida ishlagan hakamlar brigadasi unutildi? Bu savol hozir hammani qiziqtiradi. 

Vaholanki, DAVOMI 

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:13, 10.11.2017.
O'qildi: 2813 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.