Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/02 00:45 Kalyari 0-0 Lasio
22/02 01:00 Manchester Siti 2-1 Nyukasl
22/02 01:00 Atletiko 4-2 Espanyol
22/02 16:30 Jenoa 3-0 Torino
22/02 18:00 Xetafe 0-1 Sevilya
22/02 19:00 Atalanta 2-1 Napoli
22/02 19:00 Nottingem Forest 0-1 Liverpul
22/02 19:00 Kristal Pelas 1-0 Vulverhempton
22/02 19:00 Sanderlend 1-3 Fulhem
22/02 20:15 Barselona 3-0 Levante
22/02 21:30 Tottenhem 1-4 Arsenal
22/02 22:00 Milan 0-1 Parma
22/02 22:30 Selta 2-0 Malyorka
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina - Piza
24/02 00:45 Bolonya - Udineze
24/02 01:00 Everton - Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves - Jirona

OFK prezidenti yurtimizga tashrif buyuradi

OFK prezidenti yurtimizga tashrif buyuradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 9 noyabr kuni O‘zbekiston Futbol Federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Futbol Konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga asoslangan dasturlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, OFK tomonidan milliy assosiasiyalarni rivojlantirish dasturi asosida turli loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishilgani avval xabar qilingandi.

Jumladan, Osiyo Futbol Konfederasiyasi tomonidan yurtimizning Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida bolalar uchun mo‘ljallangan mini-futbol maydonchalari barpo etilishiga hamda Respublika Oliy Sport Mahorati Futbol Maktabiga qarashli sun’iy qoplamali maydon to‘laligicha rekonstruksiya qilishga jami 600 000 AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi.

Uchrashuv davomida erishilgan kelishuvga ko‘ra Osiyo Futbol Konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa joriy yilning 3-5 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan yurtimizga keladi.

Tashrif davomida OFK prezidenti bir qator rasmiy uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu uchrashuvlar davomida Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa yurtimizda futbolni rivojlantirish va yoshlar orasida yanada ommalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishadi.

Shuningdek, Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa 4 dekabr kuni “Bunyodkor” – “Lokomotiv” o‘rtasida bo‘lib o‘tdadigan O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib borib, g‘olib jamoaga O‘zbekiston Kubogini topshiradi.

OFK prezidentining yurtimizga tashrifi O‘zbekiston futbol federasiyasining Osiyo Futbol Konfederasiyasi bilan hamkorlikdagi loyihalarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 22:07, 10.11.2017.
O'qildi: 2451 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.