Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 18:45 Gol Gohar 0-0 Al-Jaziyra
15/09 18:45 Arkadag' 1-0 Al-Muharraq
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya - Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda - Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda - At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn - Ist Bengal
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb

Muxlislar, stadionga shoshiling! Kirish bepul!

Muxlislar, stadionga shoshiling! Kirish bepul!

Baho:
+ | -

Avvalroq, futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining final o‘yini 4 dekabr, dushanba kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tishi haqida xabar berib o‘tgandik.

Ma’lumki, finalda Toshkentning ikki yetakchi: “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari maydonga tushishadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 15:00 da boshlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur final o‘yiniga kirish mutlaqo bepul bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston futbol federasiyasi professional futbol ligasi bilan hamkorlikda kubok finalini bayramona tarzda o‘tkazish maqsadida o‘yindan oldin musiqiy shou-dastur o‘tkazishni rejalashtirgan.

Bundan tashqari, final o‘yinini Birlashgan Arab Amirliklaridan tashrif buyurgan hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Mazkur o‘yinda Muhammad Abdulla Hasan bosh hakam vazifasini bajaradi.

Unga qanotlarda Muhammad Hasan Abdulla al-Mahri hamda Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla al-Hammadi yordam beradi.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, amirlik hakamlarning Kubok finalini boshqarishi O‘zbekiston futbol federasiyasi va BAA futbol uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, final bellashuvi mezbonini aniqlash uchun tashlangan qur’ada “Bunyodkor” nominal mezbon maqomiga ega bo‘ldi.

Hal qiluvchi bahsda “Bunyodkor” futbolchilari qizg‘ish-oq rangli futbolkalarda maydonga tushadi.

O‘zbekiston Kubogining amaldagi sohibi — “Lokomotiv” a’zolari esa oq-yashil formada o‘ynashadi.

Akmalxon Eshonxonov

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 00:39, 11.11.2017.
O'qildi: 11996 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик