Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

O‘FFda Oliy liga futbol klublari rahbarlari bilan majlis bo‘lib o‘tdi

O‘FFda Oliy liga futbol klublari rahbarlari bilan majlis bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasining majlislar zalida federasiya va PFL rahbariyati hamda Oliy liga futbol klublari rahbarlari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi.

Majlisda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi hamda 2018 yil Oliy Ligada ishtirok etadigan klublar oldiga qo‘yiladigan talablarning asosiy jihatlari haqida so‘z yuritildi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Futbol Federasiyasi vise-prezidenti Shoakrom Isroilov milliy chempionatni kuchaytirish va o‘zbek futboli saviyasini yanada oshirish maqsadida Oliy liga klublari oldiga qo‘yiladigan talablar kuchaytirilgani haqida aytib o‘tdi.

Jumladan, kelasi yildan boshlab Oliy liga klublari o‘zlarining futbol maktablariga (akademiya) ega bo‘lishlari, ushbu akademiyalardagi shart-sharoitlar talab darajasida bo‘lishi, futbolchilarning jismoniy holatini yuqori saviyada ushlab turish uchun mashg‘ulot va trenejer zallari mavjud bo‘lishi zarurligi tilga olindi.

Futbol maktablarida (akademiya) U-10, U-14, U-16, U-18 yosh toifalaridagi kamida 4 ta jamoa bo‘lishi shartligi ham ta’kidlandi.

Bundan tashqari, kelasi yildan boshlab har bir Oliy liga klubi ayollar jamoasi va mini-futbol jamoasiga ega bo‘lishi kerakligi ham ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, stadionlarda OAV xodimlari va muxlislar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilishi, xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratish kerakligi bo‘yicha talablar qo‘yildi.

Shundan so‘ng PFL Bosh direktori Omon G‘ofurov so‘z olib, klublar lisenziyalash talablarini bajarmaydigan bo‘lsa, kelasi yili Oliy ligada ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha ogohlantirdi.

Talablarni bajarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida har 10 kunda PFLga hisobot jo‘natib turish va hamkorlikda ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:44, 11.11.2017.
O'qildi: 6128 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик