Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

Yangi formatga o‘tish to‘g‘rimi yoki?…

Yangi formatga o‘tish to‘g‘rimi yoki?…

Baho:
+ | -

Islohot boshida. Kamida 2-3 mavsumdan buyon jurnalistlar va mutaxassislar tomonidan ta’kidlab kelinayotgan masalaga nihoyat, e’tibor qaratildi.

Xullas, 2018 yilgi chempionatdan e’tiboran oliy ligada 12ta jamoa ishtirok etadi. Shunga muvofiq, musobaqa 3 davrali tizimida olib boriladi. Oddiy aytganda, yangi formatga ko‘ra, 12ta jamoa 3 davra doirasida aylanma tizimda 33tadan o‘yinda ishtirok etadi.

Demakki, amaliyot, ya’ni o‘yinlar soni nisbatan oshadi. Xabar berilishicha, dastlabki ikki davraga mavsum boshida qur’a tashlanadi va jamoalar «uyda-safarda» tizimi bo‘yicha o‘zaro 2 martadan o‘ynab chiqadi.

Hal qiluvchi uchinchi davraga kelsak, mezbon-mehmon jamoalar reglament asosida qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Jamoalarning 30ta emas, bundan 3ta ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi o‘z yo‘liga, muhimi, jiddiy va keskin uchrashuvlar sezilarli darajada ko‘payadi.

Shu o‘rinda...

Aslida uchinchi davrada 1-6-o‘rin egalari sovrinlar uchun (xuddi Shotlandiya va Qozog‘istonda bo‘lgani kabi), jadvalning ikkinchi bo‘g‘inida qolganlar esa ligada qolish uchun kurashsa, yanada yaxshi bo‘lardi, ehtimol. Balki, keyinchalik aynan shu tizim tanlanar ham. Aytish o‘rinli, hozirda Ukraina va Moldovada ham elit divizion musobaqasi 12ta jamoa bilan o‘tkazilmoqda.

 Yana bir ahamiyatli ma’lumot shuki, oliy ligamizning chorak asrdan ko‘proq tarixida ishtirokchilar soni biror marta 14tadan kam bo‘lgan emasdi. Yangi formatning umumiy mezoniga qarasak, aksariyat murabbiylarning xavotirlari o‘rinsiz - o‘yinlar soni kamayib ketmaydi. Lekin oliy liga ixchamlashtirilgach, chempionatimizda o‘ziga xos jihatlarni ta’minlash ham zarur. Asosiy masala bitta - OCHL reglamentiga asosan, elit divizionimizga 3tadan ko‘p yo‘llanma berilmasligi mumkin. Ayni shu masalaga diqqat bilan yondashish talab etiladi.

O‘zbekiston chempionati oliy ligasi xronologiyasi

Mavsum

Klublar soni

1-ligaga tushib ketganlar

1992

17

«Shahrixonchi», «Kimyogar», «Surxon»

1993

16

«Kushon», «Dinamo»

1994

16

«Orol», «Guliston»

1995

16

«Temiryo‘lchi», «Chirchiq»

1996

16

-

1997

18

«Afrosiyob», «Chilonzor», «Yangiyer», «Atlaschi»

1998

16

MHSK, «Kosonsoy»

1999

16

«Yangiyer»

2000

20

«Guliston», «Xorazm», «Temiryo‘lchi»

2001

18

«Kimyogar», «Turon», «Semurg‘»

2002

16

«So‘g‘diyona», «Zarafshon»

2003

16

«Sementchi», «Guliston»

2004

14

«Surxon», «Andijon»

2005

14

-

2006

16

«So‘g‘diyona», «Xorazm»

2007

16

«Vobkent»

2008

16

«UzDongJu»

2009

16

«So‘g‘diyona», «Buxoro»

2010

14

«Lokomotiv», «Xorazm»

2011

14

«Qizilqum», «So‘g‘diyona»

2012

14

«Mash’al», «Andijon»

2013

14

«Guliston», «Sho‘rtan»

2014

14

-

2015

16

«Dinamo»

2016

16

«Andijon»

2017

16

«Obod» (chetlatildi), ???????

Boshqa chempionatlarda vaziyat qanday? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:11, 12.11.2017.
O'qildi: 3649 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.