Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Talablarni bajarmagan jamoa Oliy ligada ishtirok etmaydi. Bechoralarning aybi nimada?

Talablarni bajarmagan jamoa Oliy ligada ishtirok etmaydi. Bechoralarning aybi nimada?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol federasiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bugun, 11 noyabr kuni O‘FF majlislar zalida federasiya va PFL rahbariyati hamda Oliy liga futbol klublari rahbarlari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tgan.
 
Ushbu majlisda O‘zbekiston professional futbol ligasi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari hamda 2018 yil Oliy Ligada ishtirok etadigan klublar oldiga qo‘yiladigan talablarning asosiy jihatlari haqida so‘z yuritilgan.
 
Yig‘ilishda O‘FF vise-prezidenti Shoakrom Isroilov milliy chempionatni kuchaytirish va o‘zbek futboli saviyasini yanada oshirish maqsadida Oliy liga klublari oldiga qo‘yiladigan talablar kuchaytirilganini takrorlab o‘tdi.
 
“Kelasi yildan boshlab Oliy liga klublari o‘zlarining futbol akademiyalariga ega bo‘lishlari, futbolchilarning jismoniy holatini yuqori saviyada ushlab turish uchun mashg‘ulot va trenejer zallari mavjud bo‘lishi zarurligi tilga olindi.
 
Futbol maktablarida (akademiya) U-10, U-14, U-16, U-18 yosh toifalaridagi kamida 4 ta jamoa bo‘lishi,  kelasi yildan boshlab har bir Oliy liga klubi ayollar jamoasi va mini-futbol jamoasiga ega bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
 
Shuningdek, stadionlarda OAV xodimlari va muxlislar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilishi, xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratish kerakligi bo‘yicha talablar qo‘yildi.
 
O‘zPFL bosh direktori Omon G‘ofurov klublar lisenziyalash talablarini bajarmaydigan bo‘lsa, kelasi yili Oliy ligada ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha alohida ogohlantirdi.
 
Talablarni bajarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida har 10 kunda PFLga hisobot jo‘natib turish va hamkorlikda ish olib borish zarurligi ham tilga olindi”, deyiladi xabarda.
 
Endi O‘FF va O‘zPFLning jamoalar oldiga bir qancha katta talablarni qo‘yayotgani haqida biroz mushohada qilishga izn bergaysiz. To‘g‘ri, O‘FF va O‘zPFLning yangi rahbariyati o‘zbek futbolini rivojlantirish uchun bir qator taklif, talab va qarorlarni qabul qilishmoqda.
 
Biroq O‘zbekiston jamoalari yuqoridagi talablarni bajarishga tayyormi? Balki yuqori futbol tashkilotlari mazkur talablarni bajarishda jamoalarga yordam berishsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
 
Chunki duch kelgan jamoa tezkorlik bilan kelasi yilgi mavsumga qadar talab va istaklarni bajara olishiga haqiqatga u qadar yaqin emas.
 
Bilamizki, Oliy ligani joriy mavsum Toshkentning “Obod” klubi moliyaviy inqiroz tufayli tark etdi.
 
Bundan tashqari, Buxoroning “Nurafshon” klubi ham bu holatdan mustasno emas. Buxoroliklar moliyaviy yetishmovchiliklar tufayli Birinchi ligadan chetlashtirildi.
 
Bunisiga nima deysiz? Ayrim klublar safar o‘yinlariga borish uchun ba’zan pul topa olishmay qolishadi va safar harajati uchun ishlatiladigan daromadan ko‘proq jarimaga tortilishadi.
 
Keyin jamoalarning bechora rahbarlari jarima to‘lash payiga tushib qolishadi. Imkon izlashadi, yakunda baribir foydasi bo‘lmaydi.
 
Biz o‘zbek futboli muxlislari nomidan O‘FF va O‘zPFL tashkilotlariga xurmatni saqlagan holda, jamoalarning oldiga qo‘yilayotgan shartlarni yengillashtirish bilan birga kelasi yili Oliy ligada 12 jamoaning qatnashishi haqidagi qarorni qayta batafsil va kengroq ko‘rib chiqishlarini so‘ragan bo‘lardik.
 
Ishonamizki, bizning bu kamtarona iltimosimiz mas’uliyatli xodimlar tekshiruvidan so‘ng ijobiy hal bo‘ladi.

Akmalxon Eshonxonov

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 17:30, 12.11.2017.
O'qildi: 6643 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.