Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

Bobur Akbarov: «Hakamlarga jiddiyroq jazo qo‘llansa, bu qolganlarga saboq bo‘ladi»

Bobur Akbarov: «Hakamlarga jiddiyroq jazo qo‘llansa, bu qolganlarga saboq bo‘ladi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Malayziya premyer-ligasida bu yilgi futbol mavsumiga yakun yasaldi. Unda «Kuala-Lumpur» chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi.

Ushbu jamoa tarkibida andijonlik 28 yoshli himoyachi Bobur Akbarov ham mavsumning kichik oltin medallariga ega chiqdi. «Andijon» klubining sobiq futbolchisi bu yil ilk bor o‘zini xorij chempionatida sinab ko‘rdi.

Natija esa chakki bo‘lmadi. Kelasi mavsum «Kuala-Lumpur» Malayziya superligasida ishtirok etadi. Barcha o‘yinlarda maydonga tushgan legionerimiz jamoasi muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo‘shdi.

Biz so‘nggi tur uchrashuvidan ke­yin hamyurtimiz bilan bog‘lanib, undan mavsum yakunlari xususida intervyu oldik.

- Bobur, jamoangiz nimaning evaziga chempionlikka erishdi? Raqiblardan sezilarli darajada kuchlimidi yoki qaysidir o‘yinlarda sizlarga omad kulib boqdimi?

- Ochig‘i, chempionlikka erishishimiz oson bo‘lmadi. Bu yo‘lda jamoaning barcha a’zolari, futbolchilar, ishchi-xodimlarning mehnati juda katta.

Bizda ichki muhit hamda birdamlik havas qiladigan darajada. Aynan shu omillar evaziga muvaffaqiyat qozondik, desam yanglishmagan bo‘laman

. To‘g‘ri, ba’zi uchrashuvlarda omadimiz chopdi. Lekin o‘sha omad ham kuchlilarga kulib boqadi. Qaysi sohani tanlamang, astoydil mehnat qilmasangiz, hech narsaga erisha olmaysiz.

- Chempionlik mavsumidagi qaysi o‘yinlarni alohida ta’kidlagan bo‘lardingiz?

- «Paxang Uitm» klubiga qarshi safarda kechgan o‘yin yodda qolarli tarzda kechdi. Avvaliga darvozamizdan gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsakda, yakunda irodali g‘alabaga erishgandik.

Shuningdek, o‘z maydonimizda «Terengganu» bilan bo‘lgan bahsni tilga olishni lozim topdim. Bu jamoa asosiy raqibimiz edi. O‘yin nomiga mos tarzda o‘tdi.

O‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida o‘ynashimizga qaramay, raqiblar bizdan ko‘ra ancha ishonch­li harakat qilishdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakuniga yetib borayotgan bir pallada hakam darvozamiz tomon penalti belgiladi.

O‘sha vaziyatda asosiy ishtirokchilardan biriga aylandim. Raqibga tegmagan bo‘lsamda, referi 11 metrli nuqtani ko‘rsatdi.

So‘nggi daqiqada urilgan gol sabab mag‘lubiyatga uchragandik. Uchrashuvdan keyin o‘sha vaziyatni qayta ko‘rib chiqib, hakamlar xatoga yo‘l qo‘yganiga amin bo‘lgandim.

- Chempionlik nishonlandimi?

- Albatta. Lekin Malayziya premyer-ligasi g‘olibi bo‘lganimiz uchun marosim u darajada dabdabali o‘tmadi.

Jamoaga chempionlik kubogi topshirildi, futbolchilar oltin medallarni qabul qilib olishdi. Shu o‘rinda aytishim joizki, biz superliga yo‘llanmasini avvalgi turda qo‘lga kiritgandik.

- Kelgusidagi rejalar qanday?

- Klub rahbariyati hamda bosh murabbiy qolishimni so‘rayapti. Hozirda muzokara olib boryapmiz. Agar hammasi joyida bo‘lsa, faoliyatimni shu jamoada davom ettiraman.

- Boshqa takliflar ham bormi?

- Ha, Malayziya superligasidagi 2-3ta jamoadan taklif oldim. Lekin hozircha bu borada yakuniy qarorga kelmadim. Agar hozirgi jamoam bilan o‘zim xohlagandek kelishuvga erishsam, klubni o‘zgartirishga hojat qolmaydi.

- O‘zbekistonga qachon qaytishni rejalashtiryapsiz? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 07:45, 13.11.2017.
O'qildi: 2046 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.