Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekistonlik bokschilar Sankt-Peterburgdagi xalqaro turnirda zafar quchishdi

O‘zbekistonlik bokschilar Sankt-Peterburgdagi xalqaro turnirda zafar quchishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri gubernator kubogi uchun o‘tkazilgan xalqaro turnirida ishtirok etishdi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston sharafini uch nafar bokschi munosib tarzda himoya qildi.

Sankt-Peterburgda joylashgan “Dinamo” sport majmuasida o‘tkazilgan nufuzli musobaqada 75 kilogramm vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida mezbon bokschi Yakub Zubernini mag‘lubiyatga uchratgan Isroil Madrimov dastlab finalga yo‘llanma oldi.

Isroil final bahsida yana bir rus bokschisi Igor Ivanchenkoga qarshi ringga ko‘tarildi.

Madrimov jangda raqibini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi va o‘z medallarini Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Sergeevich Poltavchenkoning shaxsan o‘zidan qabul qilib oldi.

Shuningdek, Isroil Madrimov musobaqaning eng yaxshi bokschisi sifatida e’tirof etildi.

Bundan tashqari, 60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Shunqor Abdurasulov rossiyalik bokschi Ruslan Batmanovni yengib, O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga ikkinchi oltin medalni qo‘shib qo‘yidi.

Vazni 91 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda yana bir o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Tursunov finalga qadar barcha raqiblari ustidan zafar quchgandi.

Biroq Tursunov hal qiluvchi jangda mezbonlar vakili Magomed-Murad Arslanbekovga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada 2 oltin va 1 kumush medal jamg‘arib, Sankt-Peterburg gubernatori kubogi bosh sohibiga aylandi.

Ma’lumot uchun, xalqaro turnirda zafar quchgan bokschilar bugun, 13 noyabr kuni ertalab Rossiyaning shimoliy poytaxtidan Toshkentga qaytib kelishdi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq yana bir o‘zbekistonlik bokschi Shohjaxon Ergashev AQSHda mezbon bokschi Markes Xautornga qarshi ringga ko‘tarilib, uni jangning uchinchi raundida nokautga uchratgani haqida xabar bergandik.

Akmalxon Eshonxonov

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 16:38, 13.11.2017.
O'qildi: 3296 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.