Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 0-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 0-0 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Kelajakni ko‘zlagan o‘yin boshlab bersin chin futbol to‘yin

Kelajakni ko‘zlagan o‘yin boshlab bersin chin futbol to‘yin

Baho:
+ | -

Milliy terma jamoamiz bugun yangi bosh murabbiy rahbarligida maydonga tushadi. Muxlislar tarkibda jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urilishini kutishgandi.

Ro‘ziqul Berdiyev ko‘pchilik ko‘nglidagi ishni amalga oshirdi, ya’ni tarkib yangi futbolchilar bilan to‘ldirildi. Bu masalada hozircha e’tirozlar yo‘q, hisob.

Nazarimizda, aksariyat muxlislar o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash ma’nosida shunday yo‘l tutishdi, chog‘i. Mamlakatimiz futbol shinavandalari tabiatiga xos tamoyil bu.

O‘zi bizda muxlislar hamisha yangi bosh murabbiyga umid ko‘zi bilan qarashgan, uning faoliyatiga muvaffaqiyat tilashgan. Garchi Ro‘ziqul Berdiyev vaqtincha boshqaruvchi sanalsada, unga yangi o‘zgarishlarni boshlash missiyasi yuklatilgan murabbiy sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ha, milliy jamoamiz kelgusida tom ma’nodagi yangilanish bosqichiga qadam bosadi. O‘sha jarayonlarda ishtirok etish-etmasligidan qat’iy nazar, Ro‘ziqul Berdiyev iliq shabadalarning estirgan murabbiy sifatida tarixda qolsa, ajabmas.

Mazkur mulohazalarni ataylab o‘yindan avval yozmoqdamiz. Zero, natija ayni xulosalarimizga soya solmaydi. Xuddi Stanislav Cherchesov Rossiya termasi tarkibini isloh qilgani kabi Ro‘ziqul Berdiyev ham bosh jamoamizga dadillik bilan yangi futbolchilarni taklif etdi.

Ochig‘i, Cherchesov hozir natija masalasida maqtanolmaydi, ammo Rossiya termasining o‘yini jonlangani, tezlashgani - fakt! Buni Argentina termasi bilan kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida ham ko‘rdik.

Rossiyaliklar o‘yinida Fabio Kapello va Leonid Sluskiy davridagi og‘ir-vazmin uslub yo‘qoldi. Hozirgi tarkib jahonning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi g‘oyat ishtiyoq bilan to‘p surdi.

Shu bois, sharhlovchilar ham Lionel Messi va Serxio Agueroni maqtay-maqtay, gol o‘yindan tashqari holatdan urilganini qayta-qayta alam bilan ta’kidlashdi.

E’tiborlisi, mag‘lubiyatga qaramay, Cherchesov shogirdlariga nisbatan tanqidiy mulohaza bildirilmadi. Chunki jamoa haqiqatan ham, yaxshi o‘ynadi va kichik hisobdagi mag‘lubiyat aslida saviya ustidan qozonilgan ko‘ngilni yupatuvchi dastlabki g‘alabadir.

Albatta, Cherchesov shunday ishtiyoqmand tarkibni shakllantirguncha ancha ter to‘kdi. Shu ma’noda aytsak, bugungi o‘yin natijasi Ro‘ziqul Berdiyev taqdirida hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi.

To‘g‘ri, barchamiz har qanday bahsda bosh jamoamiz g‘alaba qozonishini istaymiz. Lekin muxlislarni avvalo, futbolchilarimizning uchrashuvda qanday harakatlanishlari qiziqtirmoqda. Eksperimental tarkib ilk sinovdan qanday o‘tadi? Hamma gap shunda.

Muxlislar Samvel Babayanning DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:57, 14.11.2017.
O'qildi: 6014 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик