“Manchester Yunayted” klubining ikki futbolchisi bugun YTHga, ya’ni avariyagi uchradi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Lyuk Shou o‘zining “Range Rover” mashinasida “Yunayted” bazasidan ketayotgan vaqt jamoadoshi Fil Jonsning “Bentli” mashinasini urib yuborgan.
Shou mashinani burish vaqtida to‘satdan Jonsning mashinasiga borib urilib ketgan.
Yo‘l transport hodisasi natijasida hech kim jiddiy talofat ko‘rmagan, shuningdek, mashinalar ham deyarli zarar ko‘rmagan.
Ma’lumot uchun, Lyuk Shou bir yil avval haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgandi.