Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

JCH-2018 saralash. Daniya safarda g‘ozonilgan yirik g‘alaba evaziga Rossiyaga boradi

JCH-2018 saralash. Daniya safarda g‘ozonilgan yirik g‘alaba evaziga Rossiyaga boradi

Baho:
+ | -

Yevropada JCH-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan so‘nggi jamoaning nomi aniq bo‘ldi. Irlandiya terma jamoasi o‘z maydonida Daniyani qabul qildi hamda yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Daffi gol urib, mezbon jamoa muxlislariga quvonch ulashdi. Ammo 29-daqiqada daniyaliklar avtogol tufayli hisobni tenglashtirishdi. O‘yinning qolgan daqiqalari Kristian Eriksenning benefisiga aylanib ketdi. "Tottenxem" yarim himoyachisi 32-daqiqada mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, u ikkinchi taymda o‘z hisobiga yana gol yozib, bahsda xet-trikni rasmiylashtirdi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Bendtner penaltidan hisobni 1:5 ko‘rinishiga keltirdi. Shu tariqa, Daniya JCH-2018 yo‘llanmasini rasmiylashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, Daniyada bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda hisob ochilmagandi.

JCH-2018 saralash, pley-off, javob o‘yini
Irlandiya – Daniya 1:5 (1:2, 0:3)
Gollar: 1:0 – 6 Daffi, 1:1 – 29, avtogol Kristi, 1:2 – 32 Eriksen, 1:3 – 63 Eriksen, 1:4 – 73 Eriksen, 1:5 – 90, penalti Bendtner.
Irlandiya – Rendolf, Klark (Long, 71), Daffi, Uord, Kristi, Meyler (Xulaxan, 46), Makkleyn, Breydi, Xendrik, Arter (Makgidi, 46), Merfi.
Daniya – Shmeyxel, Kyer, Byelland, Kristensen, Larsen (Ankersen, 54), Dileyni, Kvist, Eriksen, Sisto, Poulsen (Kornelius, 70), Yorgensen (Bendtner, 84).
Dastlabki o‘yin – 0:0

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:03, 15.11.2017.
O'qildi: 5717 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик